Yashnobodda tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi
Yashnobod tumanidagi "Texnopark" majmuasida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi "Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni ijrosini ta’minlashga qaratildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes-ombudsman devoni Toshkent shahar sho‘’basi rahbari F.Ahmedov, Strategik islohotlar agentligi mas’ul xodimi A.Dehqonov, shuningdek, Bektemir tumani hokimligi va mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


Muloqot davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolar, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdi. Har bir murojaat mas’ullar tomonidan alohida nazoratga olinib, ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan so‘rovlar bo‘yicha esa tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Hamroz Bayonov,
O‘zA