Poytaxtimizning Yashnobod tumanida ayollarga moʻljallangan “Kunlik ishchilar markazi” binosining ochilish marosimi boʻldi.

Marosimda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirok etdi.

photo5339180305468206127.jpg

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi E.Bositxonova, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.Husanov va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlar bandligini taʼminlash doimiy eʼtiborda ekanini taʼkidladi.

Bu borada yurtdoshlarimiz vaqtinchalik bir martalik ishlarga yollanadigan joylarda zarur jamoat tartibi va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida Yashnobod tumanida tashkil etilgan ayollarga moʻljallangan “Kunlik ishchilar markazi” muhim qadam boʻldi.

photo5339180305468206124.jpg

Tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi huzurida filial shaklida tashkil etilgan mazkur shoxobchada ishchilarni yollash va ularni bir martalik ish bilan taʼminlash uchun barcha qulayliklar mavjud. Xususan, asbob-uskunalarni ijaraga berish tizimi, arzonlashtirilgan ovqatlanish shoxobchasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Madaniy hordiq chiqarish uchun imkoniyatlar (kutubxona, shaxmat-shashka taxtalari) yaratilgan. Koʻrsatilayotgan xizmatlar davlat tomonidan kafolatlanadi.

Xorij tajribasini oʻrgangan holda markazda vaqtinchalik ish bilan taʼminlashda autsorsing va autstaffing xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan.

photo5337276402300464159.jpg

Mazkur markaz ishga tushirilishi orqali ish izlovchilarni roʻyxatga olishda eskicha yondashuvga barham beriladi. Boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Ish beruvchi va ish izlovchilar oʻrtasida muloqot qilish uchun maydon yuzaga keladi. Shuningdek, roʻyxatdan oʻtgan ish izlovchilarning zaruriy ish qurollari bilan bogʻliq muammolari barham topib, mehnat muhofazasining kafolatlanishiga erishiladi. Eʼtiborlisi, markazda koʻrsatiladigan barcha xizmatlar bepul.

– Men Namangan viloyati, Chust tumanidanman, – deydi Malohat Gʻoyipova. – Oʻn yildan buyon Toshkentga kelib ishlab ketaman. Asosan tikish-bichish ishlariga chaqiradigan mijozlarim bor. Yaxshi haq toʻlashadi. Ushbu markazning tashkil etilganidan xursand boʻldim. Sababi, qishning sovuq kunlarida, yozning issiq kunlarida ish beruvchini koʻchada kutar edim. Markazda kutish va ovqatlanish joylari bor.

photo5339180305468206123.jpg  

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashnobodda “Kunlik ishchilar markazi” ochildi