Yashirincha urinishga chek qoʻyildi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan mamlakatimizga tovarlarni yashirincha olib kirishga boʻlgan navbatdagi urinish fosh etildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan mamlakatimizga tovarlarni yashirincha olib kirishga boʻlgan navbatdagi urinish fosh etildi.
Bu haqda boshqarma Axborot xizmati OʻzA muxbiriga maʼlum qildi.
Jumladan, “Daut-ota” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtotransport vositasi postdagi inspeksion koʻrik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, mazkur avtotransport vositasida hujjatlarda koʻrsatilmagan, umumiy qiymati 149 million soʻmlik 1972 dona xoʻjalik tovari va hasharotlarga qarshi dori vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.