Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda “Nukus vino zavodi” aksiyadorlik jamiyati xodimlari bilan hamkorlikda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda O‘zbekiston fuqarosi tadbirga jalb qilingan “shartli xaridor”ga qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan, qalbaki aksiz markalari bilan qadoqlangan, 288 dona shisha idishda  jami 230 litr “Qarataw” yozuvli aroqni 9,8 million so‘m pul evaziga sotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

 Nukus shahrida olib borilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida esa fuqaro “shartli xaridor”ga qo‘lbola usulda ishlab chiqarilgan, qalbaki aksiz markalari bilan qadoqlangan 50 blokda jami 600 dona 0,5 litr hajmli “Qarataw” yozuvli 300 litr alkogol mahsulotini jami 18 million so‘m pul evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi. Shundan keyin, mazkur fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, mazkur transport vositasining yukxonasida 11 dona 0,5 litr hajmli “Qarataw” yozuvli alkogol mahsulotlari borligi aniqlanib, belgilangan tartibda vaqtincha saqlovga olindi.  

 Nukus shahrida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida esa fuqaro tadbirga jalb qilingan “shartli xaridor”ga 12 600 000 so‘m evaziga, qo‘lbola usulda tayyorlangan va qalbaki aksiz markalari bilan markalangan 330 litr (480 shisha 0,5 litr va 120 shisha 0,75 litr hajmli) “Qarataw” yozuvli alkogol mahsulotini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 1 ming 499 shishada jami 765 litr qo‘lbola usulda tayyorlangan qalbaki aksiz markalari bilan qadoqlangan “Qarataw” yozuvli alkogol mahsulotlari daliliy ashyo tariqasida vaqtincha saqlovga olindi. Shu o‘rinli savol tug‘iladi: yuqorida aytib o‘tilgan alkogol mahsulotlari qo‘lbola usulda qayerda va qay tartibda ishlab chiqarilmoqda? Mas’ullar tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida sifati kafolatlanmagan alkogol mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan bir qator “Yashirin sex”lar faoliyatiga chek qo‘yildi.

 Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Beruniy-Nukus” yo‘nalishida aylanma cho‘l hududidagi yo‘llarda harakatlanib kelgan O‘zbekiston fuqarosiga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtotransport vositasi Nukus shahridagi “Bestobe” posyolkasi hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada, mazkur avtotransport vositasida har biri 20 litr hajmli 40 dona plastmas idishlarda 800 litr etil spirti borligi aniqlandi. Shundan so‘ng, mazkur fuqaroga tegishli bo‘lgan Nukus shahridagi xonadonlardan biri xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, 130 dona “Qarataw” yozuvli aroqni qadoqlash uchun mo‘ljallangan plyonkalar saqlanib kelinayotganligi aniqlandi.  

 Navbatdagi manzilda mazkur fuqaroga tegishli yana bir xonadon xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida esa, unda 823 dona “Qarataw”  yozuvli qadoqlash plyonkasi, 47 dona aksiz markali va  12 dona aksiz markasiz “Qarataw”  yozuvli aroqlar borligi aniqlandi. Olingan tezkor ma’lumotlar asosida, tadbir davom ettirilib, boshqa bir fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan 22 kg. alkogol mahsulotlarini qadoqlaydigan plyonka, 2,5 litr qo‘l-bola usulda tayyorlangan alkogol, 1 ming 90 dona qalbaki aksiz markasi, 3 ming 168 dona “QR kod”li stiker, 14 dona yelim, 2 dona 50 litr hajmdagi plastmassa idish, uzunligi 4 metr bo‘lgan gaz shlangasi, 975 dona qadoqlash plyonkasi, 15 ming 843 dona “Qarataw” yozuvli yorliq, 955 dona shisha idish qopqog‘i, 45 litr filtr suv, 1 dona spirtometr va 30 dona 5 litrli hajmdagi “Antiseptik” yozuvli bo‘sh yelim idishlar borligi aniqlandi.

Yangi yil bayrami arafasi, alkogol mahsulotlari savdosi odatdagidan ham ko‘payadigan  ayni kunlarda aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan qo‘lbola usulda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan yashirin sexlardan yana biri Xo‘jayli tumanida joylashgan ekan. O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvga olingan fuqaroning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan 25 dona yelim idishda 53 litr spirt, 5,3 litr qo‘l-bola usulda tayyorlangan aroq, 60 dona 20 litr hajmli va 98 dona 5 litr hajmli bo‘sh yelim idish, 9 dona yelim idishda 90 litr “qizilmiya” ildizi sharbati, 4 dona yelim idishda 40 litr gilos sharbati, 1,5 kg quritilgan “qizilmiya” ildizi, 3 dona gaz shlangasi, 800 dona “Nukus Vin Zavod” yozuvli qadoqlash plyonkasi, 328 dona 0,7 litr hajmli bo‘sh shisha, 30 dona 0,45 litr hajmli “Qarataw” arog‘ining qog‘oz qutisi, 580 dona shisha qopqog‘i, 226 dona sig‘imi 0,7 litr hajmli “Qarataw” arog‘ining qog‘oz qutisi, 190 dona aroq shishasi yelim qopqog‘i va 172 dona aroq shishasi qopqog‘i borligi aniqlandi.

 O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlangan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi. Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirin sexlar fosh etildi (+video)