Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi, Ichki ishlar vazirligi hamda “Nukus vino zavodi” aksiyadorlik jamiyati xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1983 yil tug‘ilgan fuqaro “shartli xaridor”ga 100 dona 0,7 litr sig‘imdagi jami 70 litr qo‘lbola usulda tayyorlangan, aksiz markalarga ega bo‘lmagan “Qarataw” yozuvli aroq mahsulotini 8 million 500 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, oldindan olingan ma’lumotlar asosida mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarishda gumonlanayotgan shaxs xonadoni tegishli sanksiya asosida ko‘zdan kechirildi. Natijada, sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni qo‘lbola usulda ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yashirin sex fosh etildi.  Undan 645 litr etil spirti, 906 dona bo‘sh shisha, 192 dona “Qarataw” yozuvli qog‘oz quti, 305 dona yangi kapsula, 30 litr tarkibida qizil miya ildizi bo‘lgan alkogolli mahsulot, 1 ming 495 dona qopqoq, 5 dona 0,45 litrli aksiz markasiga ega bo‘lmagan “Qarataw” yozuvli alkogolli mahsulot, 269 dona qalbaki aksiz markalari hamda qo‘lbola usulda spirtli ichimliklarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan maxsus vositalar ashyoviy dalil tariqasida olindi.  

Ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/fm3SRr9-ytA?si=6OvTHFIbt5dyfPbm" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dovud Abibullayev,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashirin sex faoliyati aniqlandi (+video)