Bugungi kunda butun dunyoda barqaror rivojlanishga e’tibor kuchaymoqda va turizm sohasida ham faol ishlar amalga oshirilmoqda. Yashil turizm (ekoturizm) tabiatga zarar yetkazmasdan sayyohlarga dam olish, ma’naviy boyish va madaniyatni o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

Yashil turizm ob’ektlari nima?

Yashil turizm ob’ektlari — bu tabiat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar, ekologik shaharchalar, qishloq xo‘jalik fermalari, tog‘li hududlar va suv ob’ektlari kabi tabiiy muhitni asrab-avaylash asosida faoliyat yuritadigan joylar. Ular nafaqat sayyohlarni jalb etadi, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, mahalliy aholiga ish o‘rinlari yaratish va turizm orqali daromad olish imkonini ham beradi.

Mamlakatimizda bir qator yashil turizm ob’ektlari faoliyat ko‘rsatadi. Xususan, Zarafshon tog‘lari (Navoiy va Samarqand viloyatlari) — tog‘lar bag‘ridagi dam olish maskanlari xayking va velosiped sayrlari uchun qulay. Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari hududlarining bir qismida buyurtma qo‘riqxona negizida umumiy maydoni 42952,81 gektar bo‘lgan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati tashkil etilgan. Boysun qishlog‘i (Surxondaryo viloyati) — milliy an’analar, tabiiy go‘zallik va oddiy hayot tarzini his qilish uchun ajoyib joy hisoblanadi. Aydarko‘l va Qaroqalpog‘istondagi suv ob’ektlari — suv sporti va tabiat qo‘ynidagi dam olish uchun mo‘ljallangan.

Xo‘sh, yashil turizm ob’ektlariga qanday talablar qo‘yiladi?

2025 yildan boshlab har yili noyabr oyida “Eng namunali yashil turizm ob’ekti” tanlovi o‘tkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining “Turizm ob’ektlari hamda joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish va ekologik talablarga muvofiq ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yilgan.

Tanlov “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq, turizm ob’ektlari, shu jumladan, joylashtirish vositalarida atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlardan foydalanish, shuningdek, sohada ekologik talablar asosida ko‘rsatiladigan xizmatlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etiladi.

Unda turizm ob’ektlarida bir martalik plastik mahsulotlardan foydalanishda ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) mahsulotlarga o‘tish borasida yaxshi natijalarga erishgan, shuningdek, sohaga oid ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etib, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalangan holda chiqindilarni kamaytirishda alohida tashabbus ko‘rsatgan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etadi.

Mavjud qonunchilikka asosan, yashil turizm ob’ektiga chiqindilarni boshqarish, chiqindilarni ajratib yig‘ish, oziq-ovqat chiqindilarining hosil bo‘lishini qisqartirish, optimal haroratni saqlash (xonalar sovitish rejimida – 21,5° dan past bo‘lmagan hamda isitish rejimida – 24° dan baland bo‘lmagan darajada bo‘lishi), suv tejovchi qurilmalarning mavjudligi, mehmonlarga sochiqlar va choyshabni kamroq almashtirish va mehmonlar xonasini kamroq tozalash imkoni mavjudligi borasida bir qancha talablar qo‘yiladi.

Shuningdek, yashil turizm ob’ektida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, yoritishni avtomatik nazorat qilish hamda qayta ishlanadigan qadoqdagi tovarlarni xarid qilish talab etiladi.

Tanlov hududiy saralash va respublika yakuniy bosqichlaridan iborat bo‘ladi. 1-o‘rin BHMning 150 baravari, 2-o‘rin BHMning 100 baravari, 3-o‘rin esa BHMning 50 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi.

“Eng namunali yashil turizm ob’ekti” tanlovi chiqindilar bilan ifloslanishning oldini olish, turizm ob’ektlarida plastik mahsulotlardan foydalanish hamda plastik chiqindilarni kamaytirish, ekologik jihatdan zararsiz (bioparchalanuvchi) mahsulotlarga o‘tish va ulardan foydalanishni rag‘batlantirish, turizm ob’ektlarida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan innovatsion yechimlar hamda istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda, yashil turizm ob’ektlarini rivojlantirish nafaqat sayyohlik salohiyatini oshiradi, balki tabiiy muhitni muhofaza qiladi, mahalliy aholi turmushini yaxshilaydi va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratadi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashil turizm ob’ektlarini tashkil etishning o‘z talablari mavjud