Yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik vaziyatni yaxshilash – bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri. Xususan, quruq iqlim va cho‘llashish xavfi yuqori bo‘lgan Qoraqalpog‘istonda bu muammoga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda 2025 yil kuz va bahor mavsumlarida 14 milliondan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilgan. Ekologiya vazirligi, Qoraqalpog‘iston prokuraturasi va Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligi vakillari mazkur tashabbusni amalga oshirishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.  

Ayni damda 543 mingdan ortiq manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda. 2025 yilning bahorida esa Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligida yana 470 ming tup ko‘chat o‘tqazish rejalashtirilgan.

Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida nafaqat ko‘chatlar ekish, balki ularning parvarishiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.  

Har bir ko‘chat uchun mas’ul shaxslar tayinlangan bo‘lib, muntazam sug‘orish, zararkunandalardan himoya qilish va parvarishlash ishlarini bajaradilar.

Bu ishlarning ahamiyati haqida Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori Quo‘anыsh Kamalov shunday deydi:

"Bu yilgi aksiyaning eng muhim jihati – aholi o‘rtasida ekologik ongni yuksaltirish va har bir insonning tabiatga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishdir. Biz faqat daraxt ekib qo‘yish bilan cheklanmaymiz, balki ularni asrab-avaylashga ham e’tibor qaratamiz. Shu bois, har bir ko‘chatga mas’ullar biriktirildi. Ular o‘z qaramog‘idagi nihollarni nazorat qilib boradi".

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/YW0742qteiU" title="“Yashil Makon”: Yangi bogʻlar, yangi nafas..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Qoraqalpog‘istonda olib borilayotgan mazkur ishlar nafaqat hududning ekologik holatini yaxshilashga, balki mahalliy iqlimni yumshatish, tuproq unumdorligini oshirish va havo sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga xizmat qiladi. Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish jarayoni mahalliy aholi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, meva yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirish orqali iqtisodiy foyda ham keltiradi.

Bir so‘z bilan aytganda,  “Bir ko‘chat – bir umr havo" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan mazkur ezgu ishlar shubhasiz, mamlakatimiz ekologik barqarorligi yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi.

M.Eshmirzayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil Makon”: Yangi bog‘lar, yangi nafas...(+video)