Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan.

Bunday keng ko‘lamli tashabbusning amalga oshirilishi natijasida shaharlarimizdagi yashil maydonlar hududi hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshiriladi.

Poytaxtimizda loyiha boshlanganidan buyon, ya’ni qariyb 3 yildan ortiq muddat mobaynida 3,7 million tup mevali hamda manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekildi. Topshiriq asosida barcha tuman prokurorlari o‘zlariga reja ham qilishgan. Mavjud maktabgacha ta’lim va umumta’lim maktablari hududlari ham xatlovdan o‘tkazilib, foydalanilmayotgan yer maydonlariga ko‘chat ekish ishlari izchil amalga oshirildi.

Xususan, Toshkent shahar prokurorining bu borada alohida farmoyishi qabul qilingan bo‘lib, barcha tumanlarda shu soha vakillari tomonidan ijtimoiy soha ob’ektlari xatlovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, foydalanilmayotgan yer maydonlarida loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilmoqda.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 122-umumta’lim maktabida ham mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. O‘tgan mavsumlarda ekilgan ko‘chatlar yaxshi ko‘karmoqda. Bunday tadbirda Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

– Farmatsevtikaga yo‘naltirilgan oliy ta’lim muassasalarida yetarli bo‘lgan maydonlarda fitobarlar tashkil etilmoqda, – dedi Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Kamola Rahimova. – Fitobarlarda namatak, moychechak kabi tabiiy ne’matlar yetishtirib, oshxonalarda uquvchi-yoshlar uchun damlamalar tayyorlab qo‘yish ko‘zda tutilgan. Bu bilan ham bolalar sog‘lig‘iga, ham loyiha doirasida alohida o‘simlik dunyosi yaratishga e’tibor qaratgan bo‘lamiz.

Uchtepa tumanidagi 81-maktabda ham loyiha doirasida obodonlashtirilib, 300 tupga yaqin ko‘chatlar o‘tqazildi. Mavjud issiqxonada yetishtiriladigan mahsulotlardan o‘quvchilarga ham ulashiladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/izYzTsck3-U" title="“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktablarga ham koʻchatlar ekildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, Abror Sodiqov va Iskandar Ismatov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktablarga ham ko‘chatlar ekildi (+video)