Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida eng avvalo, adolatli, huquqiy, demokratik, ijtimoiy davlat, erkin va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etish, yurtdoshlarimiz turmush farovonligini yuksaltirishdek ezgu maqsadlar yotadi.

Joriy yilning 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va Vazirlar Mahkamasining yaqin hamda uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturi muhokamasiga bag‘ishlangan majlisida ham ana shu ezgu maqsadlar yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettirish muhimligi alohida qayd etildi.  

Yig‘ilishda dolzarb masalalar, shu jumladan, yer yuzidagi iqlim o‘zgarishlari xususida batafsil to‘xtaldi.  Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy ekologik sharoit yaratish orqali aholining salomatlik darajasini yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xususan, davlatimiz rahbarining taklifi bilan 2025 yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Ushbu tashabbusni mamlakatimizda ekologik barqarorlik va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash yo‘lidagi yana bir muhim qadam desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bilamizki, ekologik muammolar nafaqat bizning mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan global muammolardan biri hisoblanadi. Yurtimizda ushbu muammoga yechim topish va atrof-muhitni, tabiatni asrashda “Yashil makon” umummilliy loyihasi bilangina cheklanib qolmay, mana shunday yaxshi samara beradigan yangi loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan qator chora-tadbirlar belgilandi.

Ma’lumki, Prezidentimizning 2021 yil 30 dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida, ishlab chiqilgan “Yashil makon” davlat dasturi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlash va atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha respublikamizda keng ko‘lamli ishlar  amalga oshirilmoqda.

“Yashil makon” loyihasi doirasida har yili mamlakatimizda 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan. Shuningdek, mavjud yashil maydonlarni 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.  

Jumladan, loyiha doirasida viloyatimizda ham salmoqli ishlar olib borilmoqda. Shu yilning bahor, kuz mavsumlarida 15,5 million tupga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi belgilangan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida loyiha doirasida yashil hududlarni kengaytirish va tabiiy manzarani yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar ortib bormoqda. Yuzlab yangi bog‘lar, yashil hududlar barpo etilmoqda. 2022 yilda 100 ta yangi park va bog‘ tashkil etilgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib bu raqam 120 taga, joriy yilning bugungi kuniga qadar 130 dan ortib ketdi.  

Daraxt va o‘simliklar nafaqat havo sifatini yaxshilaydi, balki tabiiy muvozanatni saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, viloyatimizda ko‘p ekilayotgan manzarali – pavloniya, archa daraxtlari shahar muhitida tabiiy mo‘’tadillik va go‘zal manzarani saqlashga yordam bermoqda.  

Pavloniya daraxti o‘zining tez o‘sishi va katta barglari bilan ajralib turadi. U shuningdek, havoni tozalash va kislorod miqdorini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Pavloniya gullagan mavsumda o‘ziga xos go‘zal manzara yaratadi. Bunday manzara nafaqat iqlim mo‘’tadilligini saqlaydi, balki odamlarga yuqori kayfiyat ulashadi. Bir so‘z bilan aytganda, “Yashil makon” umummilliy loyihasi yurtdoshlarimiz hayoti sifatini oshirishga, salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Yashil makon” loyihasi, qolaversa, hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish borasida Andijon davlat universitetida ham e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda. Jumladan, universitetimiz hududi va ajratib berilgan yer maydonlariga 2 ming 600 tupdan ziyod manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlari ekildi, gulzorlar, yashil hududlar barpo etildi.

Bundan tashqari, Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tashabbusi bilan Yangi Andijon shahri hududida barpo etilayotgan bog‘ga shu kunlarda 3 ming tupga yaqin pavloniya va boshqa manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. Ushbu bog‘ kelgusida shubhasiz, viloyatimizning eng go‘zal va musaffo maskanlaridan biriga aylanadi.  

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Bu boradagi ishlar yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimiz, bizning universitetda ham izchil davom ettiriladi. Yashab turgan joyimizni ozoda, obod saqlash, ona tabiatni asrab-avaylash, mehr va e’tiborli bo‘lish bizning insoniylik burchimizdir. Ishonch bilan ayta olamanki, ana shu burchni sidqidildan ado etishda universitetimiz jamoasi – professor-o‘qituvchilarimiz, xodimlarimiz, talabalarimiz albatta faollik ko‘rsatadi.  

Baxtiyorjon Akbaraliyev,

Andijon davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, dotsent.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: tabiat oldidagi insoniylik burchimizdir