“Yashil makon” qanot yozmoqda (video)
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlarida sirdaryoliklar, jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Boshqarma xodimlari Guliston tumanidagi 28-umumta’lim maktabi hovlisiga mevali va manzarali daraxtlarning ko‘chatlarini ekdi. 100 tup pavloniya, 100 tup o‘rik, 100 tup bodom, 150 tup tol ko‘chati hamda 1000 tup terak qalamchasi ekilib, ilm maskanida o‘ziga xos mo‘’jazgina bog‘ yaratildi.
Sirdaryo viloyatning barcha shahar va tumanlaridagi ta’lim maskanlarida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish qizg‘in bormoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/B1WjTETPw2E" title="“Yashil makon” qanot yozmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri