Bugungi kunda butun dunyoda iqlim o‘zgarishi global muammoga aylanib bormoqda. Bu xavf biz yashab turgan makonni ham chetlab o‘tayotgani yo‘q. Uning oldini olish maqsadida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Natijada daraxt va buta ko‘chatlari ekish, bog‘lar barpo etish, “yashil maydon”larni kengaytirish, sanoat hududlarini ihotazorlashtirish respublikamizda ommaviy harakatga aylandi.

Umummilliy loyiha doirasida viloyatda bahor va kuz oylarida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari jadal sur’atlarda olib borilib, bog‘lar, ihotazorlar maydonlari borgan sari kengayib bormoqda. Zero, yashil makonlar ekologik muhit, inson salomatligi, uzoq umr ko‘rish, kelajak avlod taqdiri demakdir.  

[gallery-25163]

Ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatida 2024 yil kuz mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qariyb 6 million 143,8 ming dona ko‘chat ekilgan. Ko‘chatlar o‘rmon xo‘jaliklari, ko‘chatchilik yo‘nalishidagi fermer va dehqon xo‘jaliklari, aholi tomorqalari va ko‘chatchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari hamda Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik instituti tomonidan yetkazib berilgan.

2024 yil bahor va kuz mavsumida 14 ming 967 dona daraxt va buta ko‘chatlari sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga ekilgan. Loyiha doirasida ekilgan ko‘chatlarning 435 ming 541 tadan ortig‘i yetarli agrotexnik talablarga rioya qilinmaganligi oqibatida qurib qolgan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining tuman (shahar) inspektorlari tomonidan ushbu holatlar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan 67 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.  

Viloyatda 2025 yil bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qariyb 9 million 235 ming dona har xil turdagi ko‘chatlar ekilgan va ma’lumotlar “Yashilmakon.eco” platformasiga kiritilgan.  

Ekilgan daraxt va buta ko‘chatlari fermer xo‘jaliklari dala chetlariga, mahallalar va aholi tomorqalariga, obodonlashtirish boshqarmalari hududlariga, o‘rmon fondi yerlariga, avtomobil va temir yo‘l yoqalariga, daryolar, kanallar, ariqlar va zovurlar bo‘ylariga, sanoat korxonalari, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, sog‘liqni saqlash ob’ektlari, idoralar va korxonalar hududlariga ekilgan. Shuningdek, atrof-muhitga ta’sir xavfi bo‘yicha yuqori va o‘rta darajadagi xavfli toifalarga mansub sanoat korxonalari tomonidan o‘zlari va tutash hududlarda "Yashil belbog‘"lar barpo etildi.

– Viloyatda ko‘chat o‘tqazish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, aniq manzilli dasturlar ishlab chiqilgan, – deydi viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurali Boltayev. – Jumladan, viloyatning sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan hududlarida 19 ta tik quduq qazilib, sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025 yil bahor mavsumida ko‘chat ekish bo‘yicha nazorat tadbirlarini sifatli olib borish maqsadida jalb qilingan xodimlarga planshetlar va vlagomer qurilmalari berildi. Shuningdek, Navoiy viloyatida cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlari va haroratning ko‘tarilishi oldini olish maqsadida viloyat hokimining tegishli farmoyishiga asosan Konimex tumanida 2 ming va Uchquduq tumanida 14,2 ming gektar o‘rmon fondi yer maydonlariga kichik aviatsiya yordamida cho‘l o‘simligi urug‘idan ekilib, “yashil qoplamalar” barpo qilindi.

Ammo “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2025 yil bahor mavsumida ekilgan ko‘chatlarga yetarlicha ishlov berilmaslik holatlari ham aniqlangan. Jumladan, agrotexnik talablariga rioya qilinmaganligi oqibatida 310 mingdan ortiq ko‘chatlar qurib qolgan va ularning qurib nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan 67 nafar mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-modda 3-qismi bilan 228,5 million so‘m jarima qo‘llanilgan.

Navoiy viloyatida cho‘l hududlari, sanoat korxonalarining ko‘pligi bois boshqa hududlarga nisbatan atmosfera havosining ifloslanish darajasi ham ancha yuqori.  

Yirik sanoat korxonalarining aksariyati Navoiy shahrida joylashganligi tufayli shaharda istiqomat qiluvchi aholi bundan aziyat chekadi. Bu salbiy holatning oldini olishning eng maqbul yo‘llaridan biri esa "kislorod ishlab chiqarish zavodlari” – “yashil makon”ni ko‘paytirishdir. Qishi izg‘irinli, yozi garmsel, qumzorlar bag‘rida joylashgan cho‘l hududi uchun esa “yashil hudud”lar suv va havodek zarur.  

Qolaversa, bog‘lar hudud ko‘rki, tarovati hisoblanadi. Ularning mevasi, soyasi insoniyat uchun rizq-nasiba, hayot manbaidir.  

Abduvali Bo‘riyev,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: Navoiyda 2024-2025 yillarda 745,5 mingdan ortiq ko‘chat qurib qoldi