Yurtimizning har bir go‘shasida bahor nafasi kezmoqda. Har yili mana shu pallada obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqazish ishlari avj oladi.

Shimoliy kon boshqarmasi jamoasi ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  ko‘klamgi yumushlarni boshlab yubordi.  

Dunyoda iqlim o‘zgarib borayotganini inobatga olib, olis cho‘l hududi bo‘lgan Uchquduq tumanida ham ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Umummilliy loyiha doirasida hududda daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari boshlanib, bog‘lar, ihotazorlar maydoni borgan sari kengayib bormoqda. Zero, qishi izg‘irinli, yozi garmsel, qumzorlar bag‘rida joylashgan cho‘l hududi uchun bu suv va havodek zarur. 

Olis manzilni obod qilish, ko‘kalamzorlashtirish jarayonlarida Shimoliy kon boshqarmasi jamoasi ham faol ishtiroq etmoqda.

– Keyingi yillarda hududda “yashil qoplama”, “yashil ihotazor” – himoya o‘rmonlari barpo etish, cho‘l iqlimiga mos manzarali daraxt, saksovul va buta ko‘chatlari ekish ishlari jadal davom etmoqda, – deydi kon boshqarmasi atrof-muhitni muhofaza qilish guruhi muhandisi Alixon Bahromov. – Birgina o‘tgan yili bo‘linmalar maydonlari, atroflariga 70,6 ming tup manzarali daraxt, saksovul, lugustrum (beresklet) navli butalar ekildi. Shu kunlarda esa 3-gidrometallurgiya zavodi atrofida “NKMK 65-yillik bog‘i” barpo etilib, 8 ming tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi va bu nihollar “Yashil makon” elektron platformasiga kiritildi.

Bu yil kon boshqarmasi jamoasi “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi mavsumda o‘z korxonalari hududida 86 ming tup saksovul, beresklet, qayrag‘och va tut ko‘chatlari ekishni rejalashtirilgan.

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon” loyihasi – amalda