Daraxt, yashillik — hayot timsoli. Shu bois ham azaldan xalqimizda ko‘chat ekib, bog‘ yaratish an’anasi shakllangan. Ushbu ezgu amallar bugungi kunda umummilliy loyihaga aylandi. Joriy yilda mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi belgilangan. Bahorgi ko‘chat ekish mavsumida ularning 125 mln. tupini ekish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, Davlat dasturida belgilanganidek, loyiha doirasida hududlarda 444 ta “yashil bog‘lar” barpo etish maqsad qilingan.

Yurtimizning har bir go‘shasida bahorgi ko‘chat ekish mavsumi uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda. Aholi vakillari, jamoalar, tashkilot va muassasalar yashillikka hissa qo‘shishga harakat qilishmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari ham hududlarda “Yashil makon” doirasida o‘z bog‘larini tashkil etayapti. 

Xususan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari loyihada faol ishtirok etib, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Qo‘shqo‘rg‘on” MFYda daraxt ekish aksiyasini o‘tkazishdi. Dastlab deputatlar ishtirokida seminar tashkil qilinib, ko‘chat ekish tartibi va sirlari mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirib berildi. Shundan so‘ng mazkur hududga 1000 tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, uning parvarishi bo‘yicha mas’ullar biriktirildi.

Poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududidagi Adiblar xiyobonida esa “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining bog‘i tashkil etildi. Daraxt ekish aksiyasida partiya va fraksiya rahbari Alisher Qodirov hamda fraksiya a’zolari, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari ishtirok etdi. Bundan tashqari, deputatlar tashabbusi bilan mahallalarda, bog‘cha va maktablarda hasharlar tashkil qilinib, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilyapti. Partiyaning mahalliy Kengashlari tomonidan ham ijtimoiy obyektlarda “Milliy tiklanish” bog‘lari tashkil qilinayotgani e’tiborga molik. 

«Yashil makon» umummilliy loyihasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari ham faol qatnashmoqda. Toshkent shahri Chilonzor tumanida o‘tkazilgan amaliy loyiha doirasida «Joy sizdan, ko‘chat ekish bizdan!» shiori ostida deputatlar tomonidan 100 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ekilgan ko‘chatlarning kelgusidagi parvarishi fraksiya a’zolariga biriktirilib, ushbu hudud fraksiya bog‘iga aylantirildi.

“Adolat” SDP fraksiyasi tomonidan esa Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida bog‘ yaratish ishlari olib borildi. “Bugungi harakat — ertangi ekologik barqarorlik” shiori ostidagi ko‘chat ekish tadbirida fraksiya rahbari va a’zolari faol ishtirok etib, mevali va manzarali daraxtlar hamda buta ko‘chatlarini ekishdi.

O‘zbekiston Ekologik partiyasi ekologiyamiz himoyasida eng oldingi saflarda bo‘lib kelmoqda. O‘tgan davrda Ekopartiya taklifi asosida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga muddatsiz davrga moratoriy e’lon qilindi hamda ularni noqonuniy kesganlik yuzasidan ta’sirchan choralar belgilandi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasida ham partiya vakillari, deputatlik birlashmalari faollik ko‘rsatmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Deputatlar tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur amaliy tadbirda 100 ga yaqin daraxt ko‘chatlari ekildi. Ularni sug‘orish va parvarishlash uchun mas’ullar biriktirildi.

Ta’kidlash joizki, aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish ekologik muammolarni hal etishda muhim o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qizg‘in ruhda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida besh yil davomida jami 1 mlrd. daraxt ko‘chatlarini ekish ko‘zda tutilgan. Keng jamoatchilikning ushbu loyihada faol qatnashishi esa ko‘rkam bog‘lar yaratilishiga, yurtimizning yashillik darajasi ortishiga xizmat qiladi. 

Muhtarama Komilova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yashil makon”: fraksiyalarning bog‘lari tashkil etilmoqda