“Yashil makon”. Ezgu tashabbus davom etmoqda (+video)
Bundan to‘rt yil muqaddam boshlangan ezgu tashabbus “Yashil makon” umummilliy loyihasi vaqt o‘tgani sayin xalqimizni ushbu g‘oya atrofida jipslashtirdi va yoshu-qarini bir maqsad sari – atrofimizni yashillik olami bilan o‘rab olish uchun harakatlantiruvchi kuchga aylandi.
Shu tufayli joriy yilning kuz fasli uchun belgilangan marra 80 million tup mevali va manzarali ko‘chat ekish maqsad qilingan bo‘lsada, bugungi kunda respublika shtabidan olingan ma’lumotga ko‘ra 85 million tupdan ziyod nihollar yerga qadalib, reja 107 foizga bajarildi.
Albatta bu raqamlar yakuniy emas. Chunki, bu ezgu tashabbuslar bugun respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda.
Masalan, Iqtisodiyot va moliya vazirligining ijtimoiy sohalar iqtisodiyoti va moliyasi departamenti tashabbusi bilan Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 30 sotixlik yerida “Moliyachilar bog‘i” tashkil etildi. Hududni obod maskanga aylantirish, yashillik olamini kengaytirish uchun jamoaning barcha a’zosi sidqidildan mehnat qildi.
Bir qarashda bu ishlar “hamir uchidan patir” bo‘lib ko‘rinsada, lekin respublikamiz miqyosida ana shunday ahil jamoalarning shaxsiy tashabbuslari yashil bog‘lar sonining ko‘payishiga xizmat qilayotgani quvonarli hol albatta.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/J80MS5XNom4" title="“Yashil makon”. Ezgu tashabbus davom etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Asliddin Alijonov (surat), Abror Sodiqov (video), Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA