“Yashil makon” doirasida yashil hududlar kengaymoqda
Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va uning tasarrufidagi ta’lim muassasalari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Xususan, ular mamlakatimiz atrof-muhit va atmosfera havosining musaffoligini saqlashga ko‘chat ekib, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish orqali hissa qo‘shmoqda.

Jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati bog‘ida bir guruh o‘quvchilar tomonidan pavloniya, oqterak, majnuntol, gilos, tut, tok, qayrag‘och kabi 140 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.


Yangi ko‘chatlarning sug‘orilishi va parvarishi uchun mas’ul shaxslar biriktirildi. Hudud begona o‘tlar va chiqindilardan tozalandi, yer yumshatildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA