Poytaxtda «Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar» shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan «InnoWeek.Uz-2022» haftaligi doirasida «Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar» mavzusida panel muhokamasi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bosh direktori Daren Tang (video murojaat), Birlashgan Arab Amirligi delegatsiyasi rahbari, Muhammad bin Rashid nomidagi Hukumat innovatsiyalari markazi rahbari Abir Taxlak hamda Germaniya Sharqiy biznes assotsiatsiyasi Boshqaruvchi direktori Maykl Xarms (video murojaat), Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Boriy Alixanov, Isroil Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Tamar Zandberg (video murojaat), "MITSUBISHI HEAVY INDUSTRIES, LTD" kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Kentaro Hosomi, «Expo 2030 Roma» maxsus elchisi Romeo Orlandi hamda Saudiya Arabistonining Qirol Abdulla nomidagi Fan va texnologiyalar universiteti prezidenti Toni Chan va Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etdi.

Panel muhokamasida O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan yaratilayotgan innovatsion texnologiyalar, muqobil va energiya tejamkor mahsulotlar, yashil innovatsiyalar hamda ularning dunyodagi ekologik muammolariga ijobiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etildi.

– Yashil kelajak sari hamkorlikda ishlashga tayyormiz, – deydi "MITSUBISHI HEAVY INDUSTRIES, LTD" kompaniyasining ijrochi vitse-prezidenti Kentaro Xosomi. – Bugun biz innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish va muammolarga yechimlar topish hamda mamlakat rivojlanishiga katta hissa qo‘shish maqsadida to‘plandik.

"InnoWeek.uz-2022» innovatsion g‘oyalar haftaligining «Barqaror rivojlanish uchun yashil innovatsiyalar»ga bag‘ishlangan mavzusi juda muhim tanlangan. Umid qilamizki, kelgusida yashil kelajak sari hamkorlikda ishlaymiz. Bu borada O‘zbekiston hamma imkoniyatlarni ishga solib, yashil texnologiyalarni barqaror rivojlantirishiga ishonaman! Dunyoning yetakchi kompaniyalaridan bo‘lgan "MITSUBISHI HEAVY INDUSTRIES, LTD" O‘zbekistonga yashil innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida yordam berishga tayyorligini aytmoqchiman.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, mazkur haftalik joriy yil 21 oktyabrga qadar davom etadi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yashil innovatsiyalarni rivojlantirish yo‘lida dunyoning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonga yordam berishga tayyor