Dunyo aholisi bugungi kunda “aqlli” texnologiyalarni joriy etilishi orqali yashash tarzini yanada qulay qilish, hayotiy yumushlarni yengillashtirish, texnologiyalar asosida biznes yuritish, ta’lim olish, yangi ish o‘rinlari yaratish, umuman olganda insonning yashash muhiti uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladigan davrni boshdan kechirmoqda. Ma’lumki, aksariyat “aqlli” texnologiyalarning asosiy va muhim sanalgan qismini yarimo‘tkazgichlar tashkil etadi.

Zamonaviy dunyoda inson doimo yarimo‘tkazgichlar orasida yashamoqda. Yarimo‘tkazgichlarni kompyuter, uyali telefon, “aqlli” soat, elektromobil, maishiy texnika va hatto LED chiroqlarda ham uchratish mumkin. Hozirda yarimo‘tkazgichlar iqtisodiyot sohalarining barcha tarmoqlariga keng kirib borgan bo‘lib, tobora yangi tarmoqlarni paydo bo‘lishiga turtki bo‘lmoqda. Bugun texnologik qurilmalar qanchalik “aqlli” bo‘lsa, bunda yarimo‘tkazgichlarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borayotganligi hozirgi davr talabini ko‘rsatmoqda.

Jahon iqtisodiyotida yarimo‘tkazgichlar sohasi katta salohiyatga ega bo‘lib, ko‘plab davlatlar tomonidan iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida istiqbolli yo‘nalishlardan biri sifatida e’tiborga olinayotganligi ahamiyatlidir. 2024 yilda dunyo bo‘yicha yarim o‘tkazgichlar savdosi taxminan 627 mlrd. AQSH dollarni tashkil etgan (World Semiconductor Trade Statistics (WSTS).

2040 yilga borib, jahonda yarimo‘tkazgichlardan tushadigan daromad 1,7-2 trln. AQSH dollari va olinadigan foyda esa 600 mlrd. AQSH dollargacha bo‘lishi kutilmoqda (McKinsey The next big arenas of competition). 

Hozirgi kunda 20 dan ortiq davlatlar yarimo‘tkazgichlar sohasida jahon bozorida yetakchilardan sanalib, bunda Osiyo mamlakatlari ushbu sanoatda salmoqli o‘ringa ega ekanligini ta’kidlab o‘tish joizdir. Bularga Koreya Respublikasi, Tayvan, Yaponiya, Xitoy, Malayziyani kiritish mumkin.

Yarimo‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi yillarda Malayziya erishgan yutuq va uning bu borada to‘plagan tajribasi ko‘plab rivojlanayotgan davlatlarga namuna bo‘la oladi. Malayziyaning yarimo‘tkazgichlarni rivojlantirish borasidagi harakatlari 50 yil oldin boshlangan bo‘lib, bugungi kunda mazkur davlat jahon yarimo‘tkazgichlar bozorida muhim ishtirokchi sifatida e’tirof etmoqda. 

2. Kompaniya bosh qarorgohi joylashuviga ko‘ra, eng yirik yarimo‘tkazgich ishlab chiqaruvchi aksiyadorlik kompaniyalarining bozor qiymati 
(Manba: Osiyo taraqqiyot banki).

Masalan, dunyoda mikrosxemalarni yig‘ish, sinovdan o‘tkazish va qadoqlash operatsiyalarining 13 foizi Malayziya hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozirda Malayziya jahon yarimo‘tkazgichlar bozorining qariyb 7 foizini egallamoqda. Ushbu davlat strategik investitsiyalar hamda mikrochiplarni loyihalashdagi yutuqlar orqali 2029 yilga kelib yarimo‘tkazgichlar bozoridagi ulushini ikki baravarga oshirgan holda 14 foizga yetkazishni maqsad qilgan.

Malay Milliy sanoat bosh rejasi – 2030 va Milliy yarimo‘tkazgichlar strategiyasi Malayziya integral mikrosxemalarni loyihalash va plastina ishlab chiqarish kabi jarayonlarda ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirish hisobiga mikroelektronikadagi qiymat zanjirida yuqori mavqega intilgan holda, global yetakchiga aylanishga intilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, Malayziyaning Yangi sanoat bosh rejasi va boshqa iqtisodiy rejalarida ham yarimo‘tkazgichlar sanoatini to‘liq qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari 2024 yilda kuchga kirgan Milliy yarimo‘tkazgichlar strategiyasi (NSS) Malayziyaning yarimo‘tkazgich sanoatini strategik tashabbuslar orqali yuksaltirishga qaratilmoqda.

Yangi sanoat bosh rejasida Malayziyaning yarimo‘tkazgichli uskunalar ishlab chiqarish, plastinalar tayyorlash va integral mikrosxemalarni loyihalashdagi rolini oshirish strategiyasi ham bayon etilgan. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish orqali Malayziya yarimo‘tkazgichlar qiymat zanjirida yuqori mavqeni egallash va yuqori texnologiyalarga ko‘proq investitsiyalarni jalb qilishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

Buning uchun Malayziya yuqori malakali muhandis va elektron chiplarni loyihalovchi kabi mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tiborni qaratmoqda. Malayziyada aynan yarimo‘tkazgichlar sanoatida bandlik sezilarli darajada saqlanib qolmoqda va taxminan 100 ming kishi yarimo‘tkazgichlar bilan bog‘liq ishlarda mehnat qilmoqda. Mamlakatda olib borilayotgan faol investitsion siyosat mikrosxemalar ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot ob’ektlarini yanada kengaytirishga turtki berayotganligi sababli yuqori malakali muhandislar uchun yangi ish o‘rinlarining yaratilishi kelgusida yanada ko‘payishi kutilmoqda.

Shu o‘rinda Malayziya tomonidan yarimo‘tkazgichlarni ishlab chiqarish quvvatlarini keskin oshirish borasidagi loyihalarga e’tibor beradigan bo‘lsak, hozirda mamlakatda yirik yarimo‘tkazgich kompaniyalari kengayishda davom etmoqda.

Bunga misol sifatida “Intel” kompaniyasi tomonidan yangi zavodga 7 mlrd. AQSH dollari sarmoya kiritilgani, “Micron” kompaniyasi o‘zining ikkinchi yig‘ish va sinov zavodini ochganini, “Infineon” kompaniyasi esa keyingi besh yil ichida 5,4 mlrd. AQSH dollari sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ta’kidlab o‘tish mumkin. Shuningdek, “Teksas Instruments” kompaniyasi ham mamlakatda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z mavqeini saqlab qolmoqda.

Demak, Malayziya yarimo‘tkazgichlar sanoatiga xorijiy kompaniyalar tomonidan investitsiyalarni faol jalb etish o‘z ijobiy samarasini berayotganligini ko‘rish mumkin. Birgina 2022 yilda mamlakatda elektronika komponentlarini ishlab chiqarishga kiritilgan investitsiyalar hajmining 99,2 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy kompaniyalarning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu o‘rinda Malayziya Hukumati yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlarini joriy etgan bo‘lib, yarimo‘tkazgichlarga kiritilgan investitsiyalar evaziga korxonalar 10 yilgacha daromad solig‘ini to‘lashda 70 foiz imtiyoz taqdim etiladi. Investitsiya solig‘i imtiyozi esa 5 yil mobaynida malakali kapital xarajatlar uchun 60 foiz chegirma berishni nazarda tutadi.

Malayziya yarimo‘tkazgichlar bozorida mikrochiplarni dizaynlash sohasida ham yetakchilikka erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Hukumat Malayziyaning Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik mikrosxema dizayn parkini qurish rejasini ishlab chiqishga qodir bo‘lgan global texnologik kompaniyalar va investorlarni jalb qilish uchun soliq imtiyozlari, subsidiyalar va viza to‘lovlaridan ozod qilishni taklif etmoqchi. Bunda asosiy e’tibor yuqori malakali ishchi kuchini shakllantirishga qaratilib, mamlakatda ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika fanlari (STEM) bo‘yicha mutaxassislarni faol tayyorlashga kuch beriladi.

Masalan, Milliy yarimo‘tkazgichlar strategiyasiga kiritilgan Penang STEM iste’dodlar dasturi 2030 yilgacha 60 ming nafar malakali muhandis tayyorlashni maqsad qilgan. STEM ta’limini takomillashtirish va yarimo‘tkazgichlar sohasiga kiruvchi talabalarga amaliy tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratish maqsadida universitetlar va sanoat korxonalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. 

Ma’lumki, O‘zbekiston iqtisodiyotida ham elektrotexnika va yuqori texnologik mahsulotlar eksporti sanoat tarmoqlarining salohiyatida muhim o‘rin tutadi. So‘nggi 7 yilda O‘zbekistonda elektrotexnika sohasiga 1 mlrd. dollar miqdorida investitsiya kiritilgan. Sohada 762 ta korxona ishga tushirilib, 45 turdagi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Yana bir muhim jihat, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan 200 turdagi mahsulotlarning 195 turi xorijiy bozorlarga eksport qilinmoqda.

Yuqorida qayd etilganidek, yarim o‘tkazgichlar avtomobilsozlik, elektrotexnika jihozlari, maishiy texnika uchun funksional jarayonlarni bir maromda bo‘lishini ta’minlash uchun uning ajralmas qismi yoki “miya”si hisoblanadi.

Shu munosabat bilan yarimo‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirish O‘zbekistonning strategik sanoati bo‘lgan elektrotexnika, avtomobilsozlik sanoati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistonda 2023 yilda 395 mingta yengil avtomobil, 3,5 mingta yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan va bu ko‘rsatkich zamonaviy elektromobillarni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari 2023 yilda 950 mingta zamonaviy televizor va ekranlar, 487 mingta sovutgich va muzlatkichlar, 800 mingta kir yuvish mashinalari, 732 mingta oshxona elektrolitlari, 30 mingtadan ortiq mobil telefon apparatlari ishlab chiqarilgan. Mazkur raqamlardan respublikamizda yarimo‘tkazgichlar katta bozorga ega ekanligini ko‘rish mumkin. 

Shuni e’tiborga olgan holda mamlakatimizda yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishga e’tibor ortmoqda. 2023 yilda yarimo‘tkazgichli qurilmalar 411 mingta, integral elektron sxemalar soni 527,7 mingtani tashkil etgan. Biroq respublikamizda mikrosxemalar va yarimo‘tkazgichlar asosida ishlab chiqariladigan sanoat tarmoqlari mahsulotlarining oshib borayotgan talabiga bu ko‘rsatkichlar javob bermaydi.

Hozirda respublikamizda ushbu sohani yanada rivojlantirish va zamonaviy yarimo‘tkazgichlar va mikrosxemalar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan istiqbolli tashabbuslar belgilab berilgan bo‘lib, bu borada Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda sohani yangi darajaga olib chiqish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Respublikamizda mikroelektronika sanoatini taraqqiy etishiga qaratilgan sa’y-harakatlar borasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish va zamonaviy, jahon standartlariga mos, infratuzilmani barpo etishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Mazkur ishlarni amalga oshirishda avvalo, Malayziya va Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda istiqbolli investitsion loyihalarni ishlab chiqish, ularni jahon standartlariga mos mikroelektronika mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirish imkoniyatlarini baholash, bozor talabiga javob beradigan mikrosxemalar ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlash choralari ko‘rilmoqda. 

Yana bir dolzarb masalalardan biri bu yuqori malakali muhandis va elektron loyihalash mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rgangan holda mikroelektronika sanoatini professional kadrlar bilan ta’minlash uchun yoshlarni xorijdagi  ilg‘or oliy ta’lim muassasalarida bilim olishlariga shart-sharoitlar yaratish ishlari ham faol yo‘lga qo‘yilgan. Sun’iy intellekt davrida ilg‘or texnologiyaga asoslangan yarimo‘tkazgichlar konsepsiyasi va dizaynini ishlab chiqish, ular uchun dasturiy ta’minot yaratish, laboratoriya sinovlarida tekshirish hamda standartlarni joriy etish salohiyatli mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshiradi. 

Shu o‘rinda yana bir muhim jihati sohada ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirish va bunga nufuzli ilmiy markaz va tadqiqot muassasalarini jalb etish shu jumladan, xorijiy mutaxassis va olimlarni olib kelish ham ustuvor vazifalar qatorida ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti, Fizika-texnika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti kabi ilmiy va tadqiqot muassasalarining salohiyati aynan yarimo‘tkazgichlar bo‘yicha yangi tadqiqot va ishlanmalarni olib borishga qaratilgan.

Hozirda mazkur muassasalar tomonidan mikroelektronika sohasida yangi ishlanmalarni yaratishga qaratilgan tadqiqotlarni xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borish ishlari ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu borada respublikamiz olim va tadqiqotchilari Malayziya, Koreya, Xitoy, Hindiston kabi yarimo‘tkazgichlar sanoati tez rivojlanayotgan davlatlarning ilmiy-tadqiqot muassasalari va aql markazlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Yaqin kelajakda O‘zbekiston yarimo‘tkazgichlar sanoatida katta qadam tashlashgan holda, mamlakat iqtisodiyotida yana bir muhim va strategik ahamiyatga ega sanalgan tarmoqni to‘laqonli barpo etishga erishadi deb umid qilamiz.

G‘ofurjon Usmanov,

Sardor A’zamov,

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mas’ul xodimlari

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yarimo‘tkazgichlar sanoatining o‘sishi: Malayziya tajribasiga nazar