"Yarali kolit"ning belgilari to‘satdan paydo bo‘lishi yoki asta-sekin kuchayib borishi mumkin. Asosiy alomatlari ich ketishi (ko‘pincha qonli yoki shilliq bilan), qorin og‘rig‘i va spazmlari, to‘g‘ri ichakda og‘riq (rektal), ichakda tozalash hissi tugamaganidek bo‘lish, ozib ketish, ishtahaning yo‘qolishi, holsizlik va charchoq ham bo‘lishi mumkin.
Agar davolanmasa bemorda qon yo‘qotilishi va kamqonlik, ichak devorining yirtilishi va saraton xavfining oshishi, suvsizlanish, bolalarda — o‘sishdan qolish kabi xavfli asoratlar paydo bo‘lishi mumkin.
- Kasallikni aniqlash uchun qanday tekshiruv usullaridan foydalaniladi?
- Operatsiyadan so‘ng kasallik qayta yuzaga kelishi mumkinmi?
Shuningdek, tashxis va davolash choralari haqida Milliy tibbiyot markazining koloproktolog bo‘limi shifokorlari ma’lumot berdilar.
Batafsil “Salomat bo‘ling” dasturida:
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ioZsl0qrtZk" title=""Yarali kolit"ni davolashni kechiktirib bo`lmaydi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov, U.To‘xtayev, O‘zA