Yaqinlaringiz va farzandlaringizga kitob hadya qiling
14- fevral Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni (International Book Giving Day) – 2012 yildan beri nishonlanadi.
Bu bayram bolalarga kitob sovg‘a qilish, ularda kitob o‘qishga mehr uyg‘otib barchani birlashtirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ushbu sana tarixi haqida qisqacha ma’lumotlar keltiramiz.Bir kuni amerikalik bolalar kitoblari veb-sayti asoschisi Emmi Brodmurning o‘g‘li Delightful Children’s Books ( Delightful Children’s Books) undan nega odamlar bir-biriga kitob sovg‘a qiladigan maxsus kun yo‘qligini so‘raydi?
Bu g‘oyadan ilhomlangan Emmi Internetda kitob sovg‘a qilish tashabbuslarida ishtirok etish taklifini tarqata boshladi. Bu tajriba kutilganidan ham ko‘ra ko‘proq natija berdi. “Endi odamlar bir-birlariga shunchaki kitob sovg‘a qilishmaydi, ular o‘z hikoyalarini aytib beradi. Suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiradigan bo‘ldi. Bundan tashqari Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni veb-saytida baham ko‘rishadi, bu esa ko‘proq a’zolarni loyihaga qo‘shilishga ilhomlantirmoqda”, deb yozadi Emmi o‘z sahifasida.
bugungi kunda aksiya butun dunyoda tanilgan, u ko‘plab mashhurlar tomonidan qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.
Xalqaro kitob berish kunini qanday nishonlash kerak? Bu Juda oddiy. Buning uchun do‘stingizga yoki oila a’zolaringizga, farzandingizga kitob bering. Kitoblaringizni sovg‘a qiling. Ya’ni o‘zingiz o‘qib bo‘lgan kitoblarni kutubxona, maktab, bolalar shifoxonasi, mehribonlik uyi, xayriya tashkilotiga hadya qilishingiz mumkin. Bundan tashqari, shaxsiy kitoblaringizni xalqaro miqyosda bolalarga kitob tarqatish bilan faoliyat yuritadigan xayriya tashkilotlariga ham keltirib berishingiz mumkin.
"Xalqaro kitob sovg‘a qilish kuni" faqat ko‘ngillilar tashabbusi bilan o‘tkaziladi.
Go‘zal Sattorova, O‘zA