Xabaringiz bor, shu yilning 22 aprelida qabul qilingan “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilgan edi.
Ya’ni, qarorda Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etilishi belgilangan.
SSV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuhrat Boymuradov ushbu yangi tashkil etilgan Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
O‘zA