Yaqin Sharq urushi Xitoy energetika strategiyasi samaradorligini tasdiqladi
20 yildan ortiq vaqt davomida Xitoy rahbarlari mamlakatning ayrim savdo yo‘llari va tashqi ta’minotga qaramligini kamaytirib kelmoqda. Jumladan, Tayvan va Malakka bo‘g‘ozi bilan bog‘liq ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik ko‘rish uchun.
– Yaqin Sharq urushi davrida ushbu strategiya Pekinga boshqa ko‘plab Osiyo mamlakatlaridan farqli o‘laroq, ta’minotda uzilish yuz berishi va narx ko‘tarilishidan himoyalanish imkonini berdi, – deyilgan “Financial Times” e’lon qilgan мақолада.
Xitoy yondashuvining asosiy mazmuni ichki ishlab chiqarishni ko‘paytirish, elektrlashtirish, ta’minotni diversifikatsiya qilish va strategik zaxira to‘plashni nazarda tutadi.
Nashr ta’kidlashicha, hozirgi mojaro Pekinning shunday siyosatni davom ettirish bo‘yicha qat’iyatini kuchaytirishi tayin. Ya’ni, energiya ta’minoti zanjirida zaiflikka duch kelayotgan boshqa davlatlar Xitoy strategiyasining ayrim jihatlarini qabul qila boshlashi mumkin.
S.Rahimov, O‘zA