Yaqin Sharq energetika infratuzilmasini tiklash uchun 50 milliard dollar kerak
“Rystad Energy” konsalting firmasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Fors ko‘rfazidagi shikastlangan neft va gaz inshootlarini ta’mirlash qiymati 30-50 milliard dollar atrofida bo‘ladi.
Gazni qayta ishlash zavodlari va neft-kimyo majmualariga yetkazilgan zarardan keyin Eron eng ko‘p xarajatni o‘z zimmasiga oladi.
Hisobotda keltirilishicha, Islom Respublikasining ehtimoliy sarfi 19 milliard dollarga yetishi mumkin. G‘arb uskunalari va pudratchilarga kirish imkoni yo‘qligi sababli, bu yurtda ta’mirlash ishlari boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq vaqt talab etadi.
Qatar ham Ras Laffandagi jiddiy shikastlangan suyultirilgan tabiiy gaz majmuasini tiklash uchun juda ko‘p mablag‘ tikishiga to‘g‘ri keladi.
S.Rahimov, O‘zA