Agar videoxosting Roskomnadzor talabini bajarmasa Youtube yaqin orada bloklanishi mumkin, deb ogohlantirdi Davlat dumasining axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbarining o‘rinbosari Anton Gorelkin.

«Instagramni bloklash masalasidagi davlat qarori – bu aniq ishora hisoblanadi. Agar videoxosting axborot urushining quroli sifatida qo‘llanilishda davom etsa yaqin kunlarda YouTube bilan ham xuddi shunday holat yuz beradi», – dedi Gorelkin RIA «Novosti»ga bergan intervyusida.

Uning aytishicha, Rossiya hukumatining Youtube ni bloklashga asosi yetarli. Platforma tomonidan qonunbuzarliklar ro‘yxati juda katta. Bular “qonunga xilof va buzg‘unchilikka yo‘naltirilgan” materiallarni bloklashdan bo‘yin tovlash, Danbassda olib borilayotgan maxsus amaliyot bo‘yicha ishonchsiz materiallar tarqatish, shuningdek, rossiyalik foydalanuvchilar huquqini pisand qilmaslik. Uning ta’kidlashicha, bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Avvalroq Roskomnadzor Bosh prokuratura talabi bilan Rossiya hududida Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirish taqiqlanganini ma’lum qilgandi, deydi "Rambler". 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaqin orada Youtube bloklanishi mumkin