“Xalqaro minbar” loyihasida “Anadolu” agentligining Jenevadagi muxbiri Muhammad Iqbol Arslonning global iqlim bilan bog‘liq muammo tahliliga bag‘ishlangan maqolasi taqdim etiladi.

Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) va Britaniya meteorologiya xizmati global iqlim prognozi asosida kelgusi 5 yil davomida harorat rekord yoki shunga yaqin darajada saqlanib qolishi kutilayotganini e’lon qildi.

Hisobotda ayni salbiy holat tufayli mavjud xavf oshishi, iqlimning jamiyat, iqtisodiyot va barqaror rivojlanishga ta’siri kuchayishi ta’kidlangan.

2025-2029 yillar oralig‘ida har yili yer yuzidagi global harorat o‘rtacha 1,2-1,9 daraja ko‘tarilishi kutilyapti.

Kelgusi 5 yillik ehtimol havo hech bo‘lmaganda bir yil sanoatdan oldingi darajadan 1,5 daraja isishi 86 foiz, 5 yillik o‘rtacha isish 1,5 darajadan yuqorilashi 70 foiz tarzida baholangan.

Har bir qo‘shimcha isish darajasi yanada zararli issiqlik to‘lqini, favqulodda yog‘ingarchilik hodisasi, kuchli qurg‘oqchilik, muz qatlami, dengiz muzi va muz tog‘lari erishi, okean isishi va dengiz sathi ko‘tarilishiga olib keladi.

Parij kelishuvida global harorat oshishini 1,5 darajada cheklash maqsadi nazarda tutilgan.Global harorat o‘sishi tendensiyasi shu darajada saqlansa, issiq havo belgilangan me’yordan vaqtincha oshib ketishi, ayni vaziyat chastota ortib borishi bilan kuzatilishi kutilyapti.

Hujjatga fikri kiritilgan WMO Bosh kotibi yordamchisi Ko Barret shunday deydi:

– Hozir rekord darajadagi eng issiq 10 yilni boshdan kechiryapmiz. Afsuski, WMO hisoboti kelgusi yillarda hech qanday yengillik belgilari ko‘rinmasligini tasdiqlamoqda. Bu holat iqtisodiyot, kundalik hayot, sayyora va ekotizimga salbiy ta’sir kuchayishini anglatadi. Doimiy iqlim monitoringi va prognozi bo‘yicha qaror qabul qiluvchilarni haroratga moslashish uchun ilmiy asoslangan vosita va ma’lumot bilan ta’minlash juda muhim.

Muharrama Pirmatova tayyorladi. O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaqin 5 yilda o‘ta issiq harorat saqlanib qoladi(mi?)