Yaponiyaning Nara shahrida Samarqand kunlari festivali o‘tkazilmoqda. Unda samarqandlik turizm sohasi vakillari, tadbirkor va hunarmandlar, madaniyat xodimlari ishtirok etayotir.

Festivalning birinchi kunida Samarqandning turizm va investitsion salohiyatiga bag‘ishlangan konferensiya tashkil etildi. Anjumanda keyingi yillarda yurtimizda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, Samarqandda sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov festival ishtirokchilariga video murojaat yo‘lladi. Yaponiyalik turizm sohasi vakillarini hamkorlikda ishlashga taklif qildi. Nara prefekturasi gubernatori Makoto Yamashita Samarqand va Nara o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Qayd etish lozim, 2021 yil 24 dekabr kuni Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar to‘g‘risida shartnoma imzolangan.

Konferensiyada Samarqanddagi turistik kompaniyalar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi. Tadbir doirasida G2B, B2B uchrashuvlar tashkil etilib, mamlakatimizga yaponiyalik sayyohlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha ikki tomon turistik korxonalari o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Samarqand kunlari doirasida viloyat turizm, investitsiya, hunarmandchilik, gastronomiya salohiyatini namoyon etuvchi ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Samarqand oshi tayyorlanib mehmonlarga tortiq etildi.

Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar samarqandlik xonanda va sozandalarning kuy-qo‘shiqlaridan bahramand bo‘ldi.

Tadbirlar davom etmoqda.

G‘. Hasanov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada Samarqand kunlari