Klinik sinovning birinchi qismida 30 nafar sogʻlom koʻngillilar oʻz tanasiga vaksina yuboradi.

Yaponiyaning COVID-19 ga qarshi DNK-vaksinasini ishlab chiqayotgan AnGes, Inc kompaniyasi vaksinani odamlarda sinashni boshladi, deb xabar qiladi kompaniya asoschisi, Osaka universitetining klinik genoterapiyasi boʻlimi professori Ryuiti Morisita. Uning taʼkidlashicha, klinik sinov 30 nafar koʻngillilarda amalga oshirilmoqda.

“Koʻngillilar ikki guruhga boʻlingan. Birinchi guruh tanasiga ozroq vaksina yuboradi, ikkinchi guruh aʼzolari koʻproq”, - deydi professor Morisita.

Vaksinatsiyalash ikki hafta oraliq vaqti bilan ikki marta amalga oshiriladi, 31-iyulda klinik eksperiment nihoyasiga yetkaziladi.

«Biroq bu, sinov nihoyasiga yetgach, yakuniy natijaga ega boʻlishimizni anglatmaydi», - deya aniqlik kiritdi professor.

Bundan avvalroq Morisita RIA Novostiga bergan intervyusida sinovning ikkinchi qismi kuzda 400-500 kishi ishtirokida amalga oshirilishini aytgan edi, bahorga kelib esa, AnGes, Inc. vaksinani sanoat darajasida ishlab chiqarishga kirishishi mumkin. DNK-vaksinaning asosiy ustun tomoni professor Morisitaning taʼkidlashicha, u patogenlardan foydalanmaydi, organizm patogenga eʼtibor bermay, DNK-maʼlumotga tayanib antitela yaratadi. Shuningdek, uning taʼkidlashicha, vaksinani tez va amalda qancha kerak boʻlsa, shuncha ishlab chiqarish imkoniyati mavjud boʻladi. Vaksinaning yana bir muhim tomoni, ishlab chiqarishni virusning yangi mutatsiyalashuvi sodir boʻlganda, unga ham osongina moslashtirish mumkin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada koronavirusga qarshi vaksina odamlarda sinab koʻrila boshlandi
Хориж хабарлари
12:07 / 01:07:2020