Yaponiyada işlamoqçi bölganlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiladi
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş istagida bölgan Toşkent viloyati fuqarolarini kasbga tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoşligini taʼminlaşga qaratilgan hamkorlik loyihalari amalga oşirilişi mumkin. Bu borada viloyat hokimi Z.Mirzayev Yaponiyaning “Onodera Group” korporatsiyasi vakillari bilan qator takliflarni muhokama qildi.
Muloqotda xorijda işlaş istagida bölgan fuqarolarni maxsus dasturlar asosida kasbga tayyorlaş hamda keyinçalik Yaponiyaga işga yuboriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Taklifga köra, nomzodlar belgilangan dasturlar asosida öquv kurslarida taʼlim oladi. Öqiş davrida kompaniya ularni bepul ovqat va turar joy bilan taʼminlaydi. Şuningdek, viza rasmiylaştiriş, Yaponiyada işga joylaştiriş va yaşaş joyi bilan boğliq masalalarni ham öz zimmasiga oladi.

Tomonlar haydovçilik yönalişida malakali kadrlar tayyorlaş istiqbollarini ham muhokama qildi. Şu maqsadda Yaponiyadan 17 ta kompaniya vakillarining Toşkent viloyatiga taşrifi kutilmoqda. Ayniqsa, bunda Özbekiston va Yaponiyadagi yöl harakati qoidalari, transport vositalarini boşqariş tartibi hamda yöl belgilaridagi farqlarni inobatga olgan holda, viloyatda yapon tajribasi asosida avtodrom barpo etiş masalasini ham körib çiqildi. Kompaniya vakillari uşbu loyihani amalga oşirişda kömaklaşiş taklifini bildirdi.
Şuningdek, avtodrom hududida haydovçilar tayyorlaydigan kollej taşkil etiş, viloyatdagi avtobus haydovçilarini esa uç oy muddatga Yaponiyaga malaka oşiriş uçun yuboriş takliflari ilgari surildi. Rejaga köra, Yaponiyada yöl harakati qoidalari va transport boşqaruvi böyiça tajriba orttirgan mutaxassislar keyinçalik mahalliy taʼlim muassasalarida bölajak haydovçilarga saboq beradi.

Taklif etilayotgan taʼlim muassasasida yiliga 200 nafargaça talabani tayyorlaş imkoniyatini yaratiş rejalaştirilgan.

Uçraşuv yakunida boşqa yönalişlar böyiça ham fuqarolarni xorijda işlaşga tayyorlaş, ularning kasbiy malakasini oşiriş va xalqaro mehnat bozoriga yönaltiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
A. Musayev, ÖzA