Yaponiyada noodatiy bo‘lgan, ammo tobora mashhur bo‘layotgan xizmat turi – “OK Obaachan” (“Xo‘p bo‘ladi, buvijon”) — yoshi kattalarni ijaraga berish xizmati paydo bo‘ldi. Maxsus portal orqali foydalanuvchilar 60 yoshdan 94 yoshgacha bo‘lgan “buvilar”ni bir soatga chaqirishlari mumkin. Xizmat narxi — 1 soat uchun 3300 iyena (taxminan 22 AQSH dollari) va yo‘l xarajatlarini o‘z ichiga oladi.

Keksalik – muammo emas, imkoniyat Yaponiya Statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 65 yoshdan oshgan 9,3 million kishi ishlamoqda. Bu aholining to‘rt nafardan birini tashkil etadi. “OK Obaachan” loyihasi bu demografik holatni muammo emas, balki imkoniyat sifatida qabul qiladi. Ish topishda qiynalayotgan yoki jamiyatdan uzilganini his qilayotgan yoshi kattalarga bu loyiha orqali yangi ma’no va faoliyat maydoni berilmoqda.

Xizmat ko‘lami keng: nafaqat tozalik, balki ma’naviy tayanch Ushbu buvilar turli ko‘nikmalarga ega: uy yumushlarida yordam milliy taomlar tayyorlashni o‘rgatish bolaga qarash kalligrafik tabriknomalar yozish oilaviy mojarolarni tinch hal qilishda maslahat yolg‘izlikdan aziyat chekayotganlarga ma’naviy suhbatdosh bo‘lish Ayniqsa, ayriliqdan keyingi tushkunlik, ota-onalar bilan muhim suhbat oldidan tayyorgarlik yoki o‘zini yolg‘iz his qilayotganlarga bu “buvijon”lar katta dalda bo‘la olmoqda.

100 dan ortiq faol buvilar – har biri o‘ziga xos tajribaga ega Bugungi kunda “OK Obaachan” loyihasida 100 ga yaqin faol buvilar ishtirok etmoqda. Ba’zilari — sobiq oshpazlar, ba’zilari — ustozlar yoki terapevtlar. Har biri o‘z shaxsiy hayot tajribasini jamiyat bilan bo‘lishishga tayyor.

Internetdagi munosabat: mehr bilan qarshilovchilar ham bor, tanqidchilar ham Loyiha ijtimoiy tarmoqlarda turlicha baholandi. Ko‘pchilik bu tashabbusda “haqiqiy mehr” va “insoniylik”ni ko‘rmoqda. Ammo ba’zilar yoshi ulug‘ insonlar xavfsizligi va ularga nisbatan munosabat masalasida xavotir bildirmoqda. Shuningdek, “nega faqat buvilar? Nega bobolar emas?” degan savollar ham ko‘tarilmoqda.

Bu savollarga javoban shuni aytish mumkin: Yaponiyada “Ossan Rental” nomli o‘xshash loyiha ham mavjud bo‘lib, u orqali erkaklar — ayniqsa pensiya yoshidagi “amakilar” ijaraga olinadi. Ular ham turli maslahatlar, muloqot va yordam ko‘rsatish xizmatlarini bajaradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BrokZJj2C_o" title="Yaponiyada buvilarni “ijaraga berish” xizmati ommalashmoqda:" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva,Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiyada buvilarni “ijaraga berish” xizmati ommalashmoqda: “OK Obaachan” loyihasi jamiyatga iliqlik olib kirmoqda (+video)