Yaponiya va Belgiyadan g‘alaba, Portugaliya esa durang o‘ynadi. Tunda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing
Janubiy Koreya yirik hisobda mag'lub bo'ldi, Yaponiyadan esa minimal hisobdagi g'alaba.
Jahon chempionatidan startidan avvalgi so‘nggi FIFA kunlaridan terma jamoalar unumli foydalanish maqsadida xalqaro turnir va o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Osiyo qit’asining eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadigan Janubiy Koreya terma jamoasi Kot-d’Ivuarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. "Afrika fillari" safida Gessan, Adingra, Godo va Singo o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Yana bir Osiyo grandi Yaponiya terma jamoasi esa Skott Maktominey yetakchiligidagi Shotlandiyaga qarshi bahs olib bordi. Bellashuv taqdirini yagona gol hal qildi. Uchrashuvning 84-daqiqasida Junya Ito gol urib, "kunchiqar yurt" vakillarining g‘alabasini ta’minladi.

Kunning markaziy uchrashuvi esa Meksikadagi "Estadio Benorte" stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbon Meksika terma jamoasi Krishtianu Ronaldusiz FIFA kunlarida ishtirok etayotgan Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Bellashuv muxlislar kutganidek hujumlarga boy va qiziqarli o‘tmadi. Bellashuv nursiz durang bilan yakuniga yetdi.
Jahon chempionatining yana bir mezboni AQSH terma jamoasi esa Belgiyaga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. Dastlab, 39-daqiqada Veston Makkenni gol urib, AQSHni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim esa to‘liq yevropaliklar nazorati ostida o‘tdi. 45-daqiqada Debast, 53-daqiqada esa Onana gol urib, ustunlikni Belgiya tomoniga og‘dirdi. Keyinchalik Charles de Ketelare penaltidan unumli foydalanib, hisobni 1:3 ko‘rinishiga keltirdi. Lukebakio esa dublni rasmiylashtirdi. 87-daqiqaga kelib, Agebang gol urib hisobni bittaga qisqartirdi. Yakuniy hisob 5:2 va Belgiya g‘alaba qozondi.
Senegal Peruni 2:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Kanada Islandiya bilan murosa ko‘chasini tanladi 2:2. Gaiti esa Tunisga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.