Yaponiya mintaqa uchun moliyaviy yordam jamg‘armasi tashkil etdi
Mintaqaviy rahbarlar bilan videokonferensiyadan so‘ng Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi “Power Asia” nomli tashabbus – Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari uchun tuziladigan moliyaviy yordam jamg‘armasi xom neft va neft mahsulotlari sotib olish uchun kredit berish, eng ko‘p zarar ko‘rgan yurtlarga favqulodda ko‘mak berish orqali ta’minot zanjirini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha qit’a neft zaxirasi tizimini qo‘llab-quvvatlash, energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va tejash hamda sanoat o‘sishini rag‘batlantirishni ham nazarda tutadi.
Umuman, Tokio mintaqada yuzaga kelgan neft tanqisligi kun chiqar o‘lka iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan xavotir bildirgan. Zero, ushbu mamlakat sezilarli darajada import qilinadigan neft mahsulotlariga qaramdir.
S.Rahimov, O‘zA