O‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari izchil rivojlanib bormoqda.

Ikki mamlakatning madaniy-gumanitar sohadagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kengaytirish maqsadida 2016-yil 3-avgust kuni Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening rafiqasi Akie Abe hamda yapon madaniyat va san’at namoyandalaridan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyurdi.

Toshkent xalqaro aeroportida Yaponiya Bosh vazirining rafiqasi Akie Abeni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova kutib oldi.

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar Prezidentimizning 2002-yil iyul oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi chog‘ida imzolangan Do‘stlik, strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot ruhida barqaror rivojlanib bormoqda. Davlatimiz rahbarining 2011-yil fevral oyida Yaponiyaga hamda Yaponiya Bosh vazirining 2015-yil oktabrda O‘zbekistonga rasmiy tashriflari o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tardi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda madaniy-gumanitar aloqalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. «Taraqqiyotga rasmiy yordam» dasturi doirasida hamda Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) orqali ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Yaponiyada O‘zbekiston madaniyati va kinosi kunlari tashkil etilmoqda. Kunchiqar yurt ijodkorlari mamlakatimizda o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanlar, xususan, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida faol qatnashib kelmoqda.

Tokioda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyga haykal o‘rnatilgani, Toshkentda Yapon bog‘i tashkil etilgani, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi xalqaro madaniyat karvonsaroyiga yaponiyalik olim va musavvir Ikuo Xirayama nomi berilgani xalqlarimizning madaniy yaqinligi ifodasidir.

Delegatsiyaning tashrifi davomida Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan yapon askarlari dafn etilgan xotira majmuasini ziyorat qilish, O‘zbekiston Amaliy san’at muzeyi bilan tanishish, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Yaponiyaning «Dram Tao» ijodiy jamoasining konsert dasturi namoyish etilishi belgilangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya delegatsiyasining tashrifi