Yaqinda yapon olimlari ishlab chiqqan dunyodagi ilk yog‘och sun’iy yo‘ldosh Oy va Marsni tadqiq qilish uchun dastlabki sinov tariqasida koinotga uchirildi.

Kioto universiteti va “Sumitomo Forestry” kompaniyasi hamkorligida yaratilgan “LignoSat” qurilmasi “SpaceX” missiyasi orqali Xalqaro kosmik stansiyaga yetkaziladi va keyinchalik orbitaga chiqariladi.

“LignoSat” 10 santimetrli kub shaklida bo‘lib, devori qalinligi 4-5,5 millimetr, og‘irligi bir kilogramm.

– Yog‘ochdan samoda uy qurish, abadiy yashash va ishlashimiz mumkin, – deydi “Space Shuttle”da uchgan, insonning fazoviy faoliyatini o‘rganayotgan astronavt Takao Doi.

Oy va Marsda ko‘chat ekish va daraxtdan uy qurish bo‘yicha 50 yillik reja tuzgan Doi jamoasi yog‘och koinot jismi ekanini isbotlash uchun NASA tomonidan sertifikatlangan yog‘och sun’iy yo‘ldosh yaratishga qaror qildi.

– Bilasizmi, 1900 yillar boshida samolyot dastlab daraxtdan yasalgan, – deydi o‘rmon fanlari professori Koji Murata. – Endi yog‘och sun’iy yo‘ldosh ham bo‘la oladi va kosmosda Yerdagidan ko‘ra mustahkamroq saqlanadi. Zero, koinotda taxtani chiritadigan, yondiradigan suv yoki kislorod yo‘q.

– Foydalanib bo‘lingan sun’iy yo‘ldosh fazoviy chiqindiga aylanmasligi uchun atmosferaga qaytib kirishi lozim, – deya qo‘shimcha qiladi Doi. – Qaytish chog‘i an’anaviy metall sun’iy yo‘ldosh alyuminiy oksidi zarralarini hosil qiladi, yog‘och esa kamroq ifloslanib, yonib ketadi. Kelajakda metall sun’iy yo‘ldosh taqiqlanishi mumkin. Foydaliligini isbotlay olsak, biz kashfiyotimizni Ilon Maskning “Space X” kompaniyasiga taqdim qilmoqchimiz.

Tadqiqotchilar XKSda 10 oylik tajribadan so‘ng Yaponiyadagi magnoliya daraxtining bir turi fazoviy kema uchun eng mos ekanini aniqladilar.

“LignoSat” yelimsiz an’anaviy yapon hunarmandligi uslubidan foydalangan holda xonokidan tayyorlangan bo‘lib, koinotda kosmik nurlanishning yarim o‘tkazgichga ta’sirini kamaytirish qobiliyatini o‘lchaydi. Bunday faoliyat ma’lumot markazi yaratadigan ilova uchun foydali.

– Bir qaraganda eskirgandek tuyuladigan bu usul, ya’ni yog‘ochdan unumli foydalanish sivilizatsiya oy va Marsga yo‘l olgan bugungi kunda ilg‘or texnologiya vazifasini o‘taydi, – deydi professor Kenji Kariya. – Balki ushbu parvoz yog‘och sanoatini jonlantirib yuborar...

O‘tkir Husan o‘g‘li, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni kosmosga uchirdi