Yaponiya bilan investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqiçda
Ayni kunlarda Yaponiyada xizmat safarida bölib turgan Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boşçiligidagi delegatsiyaning işbilarmon doiralar va investorlar bilan uçraşuvlari davom etmoqda.
Tokio şahrida bölib ötgan navbatdagi muloqotlarda asosiy eʼtibor hududlararo muhim masalalarga qaratildi. Xususan, “Phytophama Co., Ltd.” kompaniyasi ösimliklardan olinadigan tabiiy ingrediyentlar, oziq-ovqat qöşimçalari va kosmetika vositalari savdosi, marketingi hamda işlab çiqariş texnologiyalariga ixtisoslaşgan. 2001-yilda taşkil etilgan kompaniya fitonutriyentlarni import va eksport qiliş, tabiiy faol ingrediyentlar işlab çiqariş texnologiyalarini yaratiş, fitofarmakologiya sohasida konsalting xizmatlari körsatiş bilan şuğullanadi. Şuningdek, qayta tiklanuvçi energetika yönalişida ham loyihalarni amalga oşirib kelmoqda.

Kompaniyaning Özbekiston bilan hamkorligi 2012-yilda boşlangan bölib, 2015-yilgaça mamlakatimizdan 2 ming tonnadan ortiq qizilmiya ildizi xarid qilingan. Keyingi yillarda ham qizilmiya ildizi ekstrakti va uning kukunini yetkazib beriş böyiça aloqalar davom ettirilmoqda.
Uçraşuvda hamkorlikni yanada kengaytiriş, xususan, Özbekistonda qizilmiya ekstrakti işlab çiqariş zavodini taşkil etiş va kelgusida tayyor mahsulotlarni Xitoy hamda Yaponiya bozorlariga eksport qiliş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, mahalliy ösimlik xomaşyosidan fitofarmakologiyada qöllaniladigan foydali moddalarni ajratib oliş va tozalaş texnologiyalarini joriy etiş, raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyatlari körib çiqildi. Kompaniya vakillari quyoş energetikasi, biomassa va boşqa muqobil energiya manbalarini rivojlantirişga investitsiyalar jalb etiş böyiça ham hamkorlikka qiziqiş bildirdi.

Şundan söng “Mutsuura Honten Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti Niva Şintaro bilan muzokaralar ötkazildi. Bir asrdan ortiq tarixga ega mazkur kompaniya sanoat korxonalari uçun texnik xizmat va taʼmirlaş materiallari yetkazib beriş, yuqori aniqlikdagi ölçov uskunalarini örnatiş hamda sozlaşga ixtisoslaşgan. Muloqotda tomonlar Toşkent viloyatida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Xususan, quriliş maydonlarida foydalanilgan suvni tozalaş va qayta işlatiş böyiça sinov loyihasini yölga qöyiş taklifi ilgari surildi. Kompaniyaning suvni qayta işlaş uskunalari işlab çiqaruvçi “WOTA” bilan hamkorlik tajribasidan kelib çiqib, “Yangi Toşkent” va boşqa hududlarda quriliş jarayonida hosil böladigan oqova suvlarni yiğiş, tozalaş hamda texnik ehtiyojlar uçun qayta foydalaniş imkoniyatlari muhokama etildi.

Bundan taşqari, viloyatda faoliyat yuritayotgan avtomobil ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçi korxonalar bilan hamkorlikni yölga qöyiş masalasi ham körib çiqildi. Bu borada viloyat hokimligi tegişli sanoat korxonalarini aniqlaş va ular bilan yapon kompaniyasi örtasida amaliy muloqotlarni taşkil etişda kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.
Uçraşuvlar yakunida tomonlar bildirilgan taşabbuslarning amaliy imkoniyatlarini örganiş, istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni şakllantiriş va özaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş yuzasidan fikr almaşdi.
A.Musayev,ÖzA