Yaponiya Angliyadan mehmonda ustun keldi
Inglizlar Tomas Tuxel qo'l ostida ilk bor yengildi.
Angliya va Yaponiya terma jamoalari o‘rtasida Londondagi "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tgan o'rtoqlik uchrashuvida mehmonlar 0:1 hisobida g'alaba qozondi. Bahsda shotlandiyalik Nik Uolsh bosh hakamlik qildi.
Kaoru Mitoma 23-daqiqada ushbu o‘yindagi yagona golga mualliflik qildi.
2026-yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi "L" guruhida Xorvatiya, Gana va Panama jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Yaponiya esa guruh bosqichida Niderlandiya, Tunis va keyinchalik ma’lum bo‘ladigan yana bir jamoa bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi jahon chempionati yozda uchta mamlakat — AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.