Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi
Bugun Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashdi.
Sessiyada Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, kun tartibidagi masala yuzasidan nutq so‘zladi.

Xususan, Sultonov Dilshod Shuhratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. Shundan so‘ng Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l shahar hokimi lavozimiga Ravshan Raimov nomzodini tavsiya qildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqqanlar, tumanda vaziyatni yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar Kengashining qarori bilan Raimov Ravshan Isakdjanovich Yangiyo‘l shahar hokimi etib tayinlandi.

A.Musayev,O‘zA