Yangiyerda uch avlod vakillari uchrashdi
Toshkent kimyo- texnologiya institutining Yangiyer filialida o‘tmish, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda filialning talaba- yoshlari, professor-o‘qituvchilari, Sirdaryoda yashab ijod qilayotgan Tursunboy Rahmonov, Tohir Samiyev, Davlat Tursun kabi faxriy ijodkorlar ishtirok etdi. Ular o‘zlarining hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mashaqqatlar, mustaqillik bergan imkoniyatlar, bugungi kun yoshlari, ularning o‘qib-o‘rganib, ta’lim olishi, har tomonlama yetuk shaxs bo‘lishi uchun davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan shart-sharoitlar to‘g‘risida so‘z yuritishdi.

Qiziqarli, savol-javoblarga boy tarzda o‘tgan "Uch avlod" vakillari uchrashuvi davomida bugungi kun yoshlari e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan masalalarga ham ahamiyat qaratilib, o‘rta va keksa avlod vakillari yosh avlod vakillariga o‘z maslahat va tavsiyalarini berishdi.
Shundan so‘ng sirdaryolik ijodkorlar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qidi.

"Uch avlod" uchrashuvida o‘rta va keksa avlod vakillari yoshlik damlarini yodga solgan bo‘lsa, yosh avlod vakillari o‘tmish haqidagi o‘zlari uchun muhim ma’lumotlardan bahramand bo‘lishdi.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri