Istiqbolli g‘oyalar, innovatsion yondashuv va ilmiy izlanishlar maydoniga aylangan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida talabalar va ayol professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy va startap loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova, tadbirkor ayollar, tegishli vazirlik va idoralar hamda tijorat banklarining vakillari ishtirok etdi. Ular yoshlar va ayollar tomonidan yaratilayotgan innovatsion g‘oyalar bilan yaqindan tanishib, bu loyihalarni amaliyotga tatbiq etish borasida o‘z fikr- takliflarini bildirdi.

Uchrashuv institut qoshidagi texnoparkda o‘tkazildi. Ko‘rgazmada taqdim etilgan qishloq xo‘jaligi, kimyo, biotexnologiya, qayta tiklanuvchi resurslardan foydalanish va ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalar, ayniqsa, ayollar va talaba-qizlar ishtirokidagi ishlanmalar alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.    

– Loyihamizga ko‘ra, tabiiy mevalar va tabiiy qo‘shimchalardan foydalangan holda, hech qanday bo‘yoqlar va konservantlar qo‘shmasdan, quruq kukundan iborat mahsulot ishlab chiqaramiz. Bu ekologik jihatdan nihoyatda foydali, inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lib, bozorda raqobatbardosh mahsulot hisoblanadi. Bugungi tadbirda ushbu g‘oyaga jiddiy e’tibor qaratilgani men uchun katta rag‘bat bo‘ldi, – deydi biotexnologiya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan 3-bosqich talabasi Marg‘uba Karimqulova. 

– Yoshlarimizda ulkan salohiyat bor. Ular yaratayotgan loyihalar hayotga yaqin va amaliy ahamiyatga ega. Biz kattalar, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishimiz, iqtisodiy maydonga olib chiqishimiz zarur. Bu borada hamkorlikdagi harakatlar o‘z samarasini beradi deya o‘ylayman, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova.  

Tadbir yakunida mehmonlar tomonidan taqdim etilgan loyihalarni tijoratlashtirish, amaliyotga joriy etish, grantlar ajratish va infrastrukturaviy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Shuningdek, bu kabi tadbirlarni muttasil ravishda tashkil etish, yoshlarning ilm va tadbirkorlikdagi harakatlarini yanada rag‘batlantirish zarurligi alohida qayd etildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida o‘tkazilgan bu kabi tadbirlar yosh avlodning ilmiy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim qadam bo‘lib, ularning kelajakda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga keng yo‘l ochadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyerda startap loyihalar namoyishi