Butunjahon silga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Yangiyer shahrida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy piyoda yurish aksiyasi tashkil etildi.

Tadbir viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali hamda qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi. Unda 500 nafarga yaqin ishtirokchi – tibbiyot xodimlari, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari, faol yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol qatnashdi.

– Bugungi aksiya orqali biz aholi e’tiborini sil, ya’ni tuberkulyoz kasalligining oldini olish, uni erta aniqlash va davolash imkoniyatlariga qaratishni maqsad qildik,–deydi filial bosh shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Erkin Aliqulov. –Chunki, sog‘lom turmush tarzi, muntazam tibbiy ko‘riklar va xabardorlikning ortishi orqali silga qarshi kurashishda yanada samarali natijalarga erishish mumkin.

– Tuberkulyoz kasalligining oldini olishga qaratilgan tadbir menda katta taassurot qoldirdi. Piyoda yurish davomida nafaqat jismonan faol bo‘ldik, balki shifokorlardan tuberkulyoz kasalligi haqida kerakli ma’lumotlarni oldik. Endi o‘zim va yaqinlarim sog‘lig‘i uchun mas’uliyat bilan yondashishni yanada chuqurroq angladim. Shu kabi aksiyalar jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda juda foydali ekan, –deydi Gulchehra Nosirova.

– Men avvallari tuberkulyoz kasalligini yuqumli va davolab bo‘lmaydigan kasallik deb o‘ylardim,–deydi yangiyerlik Odil Ahmadov. – Ammo bugun menga shifokorlar tomonidan unga qarshi samarali davolash usullari mavjudligi, uning oldini olish mumkinligi to‘g‘risida tushuntirish berildi. Oldinlari tuberkulyoz kasalligi bilan kasallangan shaxslar bilan uchrashganda o‘zimning salomatligimni o‘ylab xavotirga tushar edim. Bugun esa uning yuqsa-da, davolanish, oldini olish mumkinligi haqida xabar topdim. Bu ma’lumot menga katta tasalli berdi va ushbu tadbirlar aholi orasida bunday kasalliklarga doir xabardorlikni oshirishda juda muhim ekanligini tushundim.

Tadbir doirasida tibbiyot mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga tuberkulyoz kasalligining belgilari, yuqish yo‘llari va undan saqlanish usullari haqida tushuntirishlar berildi.

Bunday ommaviy tadbirlar aholida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, profilaktikaga jiddiy yondashuvni shakllantirish va umumiy sog‘lomlashtirish ishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiyer shahrida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” aksiyasi