Namangan viloyatining Yangiqoʻrgʻon tumanida Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi va partiya viloyat kengashi hamkorligida “Adolat – har bir inson uchun!” shiori ostida “Adolat sayli” oʻtkazildi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarga tayyorgarlik ishlari doirasida tashkil etildi.

Unda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ham joylarda oʻz gʻoyalari va dasturlarini keng jamoatchilikka yetkazish, aholining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan siyosiy-ijtimoiy, huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirdi.

Yangiqoʻrgʻon tumani markazidagi ekopark keng jamoatchilik vakillari, faxriylar va yoshlar, xotin-qizlar, mahalla faollari bilan gavjum boʻldi.

“Adolat sayli”ning birinchi qismidan oʻrin olgan mitingda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisining oʻrinbosari A.Rahmonov, partiya viloyat kengashining raisi I.Joʻrayev, xalq deputatlari Yangiqoʻrgʻon tuman Kengashidagi “Adolat” SDP guruhi rahbari D.Asqarova va boshqalar jamiyat hayotidagi boshqa dolzarb masalalar qatori sud-huquq sohasida yillar davomida eʼtibor qaratilmasdan yigʻilib qolgan muammolar, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishini amalga oshirishda partiya oldida turgan vazifalar haqida gapirdi.

Aksiya davomida partiya faoliyatiga oid lavhalar, “Yosh adolatchi” va “Ayollar qanoti” vakillarining chiqishlari ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Yuzma-yuz muloqotlar va turli masalalar boʻyicha savol-javoblar yurtdoshlarimizda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi gʻoyalariga xayrixohlik tobora kuchayib borayotganligini koʻrsatdi. Shu jarayonning oʻzida juda koʻp yoshlar partiya safiga qoʻshilish istagini bildirgani ham fikrimiz dalilidir.

Aksiyada boshqa bir qator masalalarga ham koʻpchilikning eʼtibori jalb etildi. Jumladan, kelajagimiz bunyodkorlari boʻlgan yoshlarning bilimlarini chuqur egallashi, turli yoʻnalishlardagi tugʻma iqtidorini rivojlantirishi, aqlan yetuk va jismonan sogʻlom shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mavjud imkoniyatlarni yanada kengaytirish borasida partiya faollari va elektorati oldida turgan vazifalarga alohida eʼtibor qaratildi.

– Navqiron avlodni inson omiliga jiddiy salbiy taʼsir qiluvchi diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi illatlardan asrash bugun keng jamoatchilik oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir, – deydi partiya viloyat kengashi raisi I.Joʻrayev – Shu nuqtayi nazardan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus biz uchun katta ahamiyatga ega dasturilamaldir. Yoki jamiyatda katta tashvish tugʻdirayotgan korrupsiya masalasini olaylik. “Adolat” SDP bu borada ilgari surayotgan takliflar amalga oshirilsa, kelgusi besh yillikda ushbu illatga nisbatan mutlaqo toqatsizlik vaziyatini vujudga keltirish, aholi huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga erishiladi. Buning uchun har bir kishida faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantirilishi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Tadbir sanʼatkorlar va iqtidorli yoshlar hamda badiiy havaskorlik jamoalari ishtirokidagi konsert dasturlari bilan xalqchil va mazmundor oʻtdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangiqoʻrgʻonda “Adolat sayli”
Жамият
21:40 / 30:09:2019