Yangiobod içki işlar bölimi yangi binoda iş boşladi
Yangiobod tumanida içki işlar organlari faoliyatini takomillaştiriş, xodimlar mehnat şaroitini yaxşilaş va aholiga xizmat körsatiş sifatini oşirişga qaratilgan yangi maʼmuriy bino foydalanişga topşirildi.
Bugungi içki işlar organlari faoliyati samaradorligi nafaqat xodimlarning kasbiy mahorati, balki ular uçun yaratilgan şaroitlarga ham bevosita boğliq. Zamonaviy infratuzilma xizmat vazifalarini tezkor va sifatli bajarişda muhim omil hisoblanadi.

Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev iştirokida Yangiobod tumani içki işlar bölimining yangi binosi tantanali ravişda oçildi. Marosimda viloyat IIB boşliği general-mayor Ğayrat Qodirov, nuroniylar hamda içki işlar tizimi faxriylari qatnaşdi.

Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan inşoot xodimlarning xizmat faoliyatini samarali taşkil etişga xizmat qiladi. Binoda yaratilgan şaroitlar fuqarolar murojaatlari bilan işlaş, ularga tezkor va sifatli xizmat körsatiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.

Ayniqsa, jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va aholi osoyiştaligini saqlaşda içki işlar organlarining taşkiliy imkoniyatlari muhim örin tutadi. Yangi bino uşbu vazifalarni yanada samarali bajariş uçun zarur şaroitlardan biri bölib xizmat qiladi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri