Yangilangan Konstitutsiyaning talablari, yangi qonun lohiyasida o‘z aksini topgan. Davlatimizda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, bu borada konstitutsiyaviy-huquqiy qonunchilik manfaatlarini mustahkamlash yo‘lidagi tub islohatlar deb tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining yangilangan konstitutsiyasida sud, prokratura organlari faoliyatiga, shuningdek, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishga oid bir qator konstitutsiyaviy kafolatlar belgilangan . XXVII bob, Mudofaa va xavfsizlik deb nomlanadi uning 152-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi. 153-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega ekangili aytib o‘tilgan. Konstitutsiyaning IX bob 50-moddasida “Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir” deyilgan. 51-moddada, Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli. Oliy ta’lim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.
52-moddada, O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi .
Yurtimizda 2023 yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ishtirok etgan fuqarolarning 90,21% tomonidan yoqlab ovoz berish orqali qabul qilinganligi, unda xalqimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha orzu-umidlari va intilishlari o‘z aksini topganligidan dalolat bermoqda. Yangilangan Konstitutsiyada davlat qurilishining yangi strategik maqsadi-ijtimoiy davlat qurish ekanligi belgilab berildi, ijtimoiy adolat va birdamlik prinsiplari joriy etildi, inson huquq va erkinliklarini ximoya qilishning mutlaqo yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi konstitutsiyaviy asoslar mustaxkamlandi.
Yangilangan yoki yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini to‘laqonli amalga oshirish, unda mustahkamlangan ustvor prinsiplarni Yangi O‘zbekiston - O‘zbekiston ulug‘vor g‘oyasiga hamohang tarzda ro‘yobga chiqish, davlat organlarining faoliyatini yangi konstitutsiyaviy –huquqiy sharoitlarda yo‘lga qo‘yish, fuqarolarda o‘z hayotida xalq konstitutsiyasi ruhini yaqqol his etib turishi maqsadida quyidagilar belgilangan, ya’ni yangi tahrirdagi Konstitutsiyani so‘zsiz va to‘liq amalga oshirish barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarning birinchi navbatdagi ustivor vazifasi etib belgilansin deb bir qancha bandlarda aniq qilib ko‘rsatib o‘tilgan .
Yangi bandlarni bajarilish eng avvalo har bir fuqarolardan huquqiy ong, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatni shakllanishini talab etadi. Har bir fuqaro qonun ijrosini (yangi Konstitutsiya ijrosini) ta’minlashda o‘zgalarning konstitutsiyaviy burchlarini bajarishlari talab etiladi, shuning uchun ham yangilangan Konstitutsiyaning barcha talablarini so‘zsiz bajarishni ustivor vazifa etib belgilangan.
Belgilangan chora tadbirlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash uchun davlat organlari va tashkilot rahbarlarining Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha javobgarligi belgilandi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 78-moddasida quyidagilar (10 punktida) aniq belgilangan, ya’ni bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishi, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga oid qoidalarini amalga oshirish maqsadida 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning madaniy-me’ros ob’ektlariga jumladan ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirish tartibi joriy etilishi aytilgan. Ushbu banddagi ko‘rsatmalar ham ijtimoiy institut rahbarlarni tomonidan so‘zsiz bajarilmoqda va maktablarda har juma kuni madaniyat muassasalariga bepul tadbirlarga olib borilmoqda va kiritilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning yangi taxrirdagi Konstitutsiyaning 50-moddasida belgilangan ta’lim olish huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq to‘lovchilar tomonidan yoshidan qat’iy nazar farzandlarining O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltirilgan to‘lovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritilsin deyilgan . Xuddi shu ko‘rsatma bajarishini bugungi kunda amalga oshiriyotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz va bu isbot talab qilimaydigan jaroyon hisoblanadi.
Yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 55-moddasida belgilangan “har bir shaxsning” o‘z huquqlarni boshqa shaxs va erkinliklarini sud orqali himoya qilish huquqi kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida 2024 yil
1-yanvardan boshlab ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlaridan davlat bojini undurmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etilsin” deyilgan.
Ushbu fikrlar shaxs manfaatlariga xizmat qiladi. Yangilangan konstitutsiyaning 65% moddalari o‘zgatirildi, boyitildi va xalqdan tushgan takliflar inobatga olingan.
Yangilangan konstitutsiyaning 142-moddasi talablaridan kelib chiqib, advakatura sohasiga yosh kadrlarni faol jalb qilish maqsadida 2023 yil sentyabrdan boshlab oliy ta’lim tashkilotlari yuristprudensiya yo‘nalishida taxsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalariga advokatlik tuzilmalarida mexnat qonunchiligiga muvofiq o‘qishdan bo‘sh vaqtda advokat yordamchisi sifatida ish faoliyatini olib borishga ruxsat beriladi.
Ushbu 142 moddaning amaliyotga tadbiq etilishi bo‘lajak mutaxassislarni kelajakda ish bilan ta’minlashga qaratilishi bilan birga ishga joylashishda o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.
Xulosa, o‘rnida shuni aytamizki yangilangan konstitutsiya yangi O‘zbekistonning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi . Yangi O‘zbekistonning yangilangan konstitutsiyasi o‘zining ijtimoiy mohiyatiga ko‘ra o‘sha jamiyatning huquqiy jihatdan inikosi hisoblanadi va xalq manfaatiga xizmat qiladi.
Yangilangan Konstitutsiya xalq uchun, davlat uchun huquqiy baza hisoblanadi. Barcha qonunlar o‘sha yangilangan Konstitutsiyaning mohiyatidan kelib chiqib yoziladi, yangilangan konstitutsiyaning mualliflari xalq hisoblanadi.
Maxmudov Rozmet Muratovich,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
Universiteti professori,
pedagogika fanlari doktori, professor