FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyatida elektr ta’minotini yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mustahkam tayanchlar o‘rnatilib, zamonaviy elektr uzatish tarmoqlari qurilmoqda.
Ayni kunlarda G‘ijduvon tumanining “Qo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘ini Shokirobod qishlog‘ida qurilish va montaj ishlari avjida. Hududga maxsus texnikalar yordamida 33 dona mustahkam temir beton tayanch rostlanib, 1400 metr uzunlikda, himoyalangan SIP kabellari tortilmoqda. Shuningdek, quvvati 160 kVA bo‘lgan transformator punkti yangilanib, shahar tipidagi 400 kVAli transformator punkti o‘rnatilmoqda. Bu elektr ta’minotining sifatini oshirish bilan birga, mahalladagi 300 ga yaqin xonadonga elektr energiyasining barqaror, uzluksiz, xavfsiz va samarali yetib borishini ta’minlaydi.
[gallery-24869]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA