Konstitutsiya jamiyat siyosiy tizimining huquqiy asoslarini mustahkamlaydi. Siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalarining davlat hokimiyati bilan munosabatlarini muvofiqlashtiradi. Saylovlar va referendum kabi bevosita demokratiya institutlarini mustahkamlash orqali jamiyatda siyosiy barqarorlikni, fuqarolararo totuvlik, hamjihatlik va tinchlikni ta’minlaydi. Davlat yuritadigan ichki va tashqi siyosatning asoslari va barcha muhim yo‘nalishlarini aks ettiradi.

Konstitutsiya yuridik mazmun va mohiyatga ega bo‘lgan huquqiy hujjat bo‘lib, davlatning Asosiy qonuni sifatida butun huquqiy va qonunchilik tizimlarining o‘zagini tashkil etadi, jamiyat va davlat hayotining, davlat organlari tashkil etilishi va faoliyatining asosiy prinsiplarini mustahkamlaydi. Shu sababli jamiyatdagi barcha huquqiy hayot va yuridik amaliyot, shu jumladan odil sudlov amaliyoti konstitutsiyaviy qoidalar asosida shakllanadi.

Konstitutsiya xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Unda jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi, muhim ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiluvchi g‘oyalar o‘z ifodasini topadi. Konstitutsiyada mujassamlashgan mafkura jamiyatni, xalqni muayyan maqsadlar sari yetaklaydi, ularni uddalash uchun safarbar qiladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi milliy istiqlol g‘oyasi va mustaqillik mafkurasining huquqiy asosini tashkil etib, xalqimizning istiqlolga, erkinlikka bo‘lgan intilishini, milliy axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini aks ettirgan hamda ularni jamiyat ongiga, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirishga xizmat qiladi.

Yangilanayotgan konstitutsiya loyihasi ham umumxalq muhokamasida kelib tushgan ko‘p sonli takliflarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. U xalqaro standartlarga, eng muhimi, O‘zbekiston xalqining xohish-irodasi va orzu-istaklariga to‘liq mos keladi.

bugungi kunda nafaqat xalqimiz, balki jahon hamjamiyati, xorijiy olimlar va ekspertlar ham yangilanayotgan Konstitutsiyamizning asosiy muallifi va ijodkori O‘zbekiston xalqi ekanini, Konstitutsiyaning yangi tahriri ijtimoiy, demokratik-huquqiy va chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi, shuningdek, hayotning barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil bo‘lishi hamda Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yangi davrni boshlab berishi alohida ahamiyatga ega.

Amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda. Takliflarning 60 foizdan ortig‘i bevosita yoshlar tomonidan berilgani katta ahamiyatga ega. Qonun loyihasidagi “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan 14-bobi 5 ta moddani o‘z ichiga olgan bo‘lib (76-80 moddalar) ularda oila, ota-onalar va ularning farzandlari manfaatlari bilan birga zimmalaridagi mas’uliyat ham belgilab qo‘yilgan. Tabiiyki, davlat ham bu borada o‘z zimmasiga qator vazifalarni olgan, ya’ni u yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishiga hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishiga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishiga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishi alohida norma sifatida kiritilgan.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan ilk marotaba uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojini ta’minlash davlatning vazifalari qatoridan joy olmoqda. Mazkur qoidalarning Konstitutsiya darajasida belgilanishi, bolalar bog‘chasidan tortib, universitetlargacha, barcha ta’lim tashkilotlarini ular davlatniki yoki xususiy ekanligidan qat’iy nazar, rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy zamin bo‘lishiga e’tibor qaratilmoqda.

Yangilanayotgan Konstitutsiyaga muvofiq, fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli ekanligi aniq belgilab qo‘yilmoqda. 2017 yilga qadar oliy ta’lim muassasalarida grant o‘rinlari soni faqat qisqarib kelgan bo‘lsa, so‘nggi besh yil ichida grantlar ko‘paytirildi. 

Xususan, o‘tgan davrda oliy ta’limga ajratilgan davlat grantlari soni 75 foizga hamda ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni ikki baravarga oshirildi. Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlashga davlat granti ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Mazkur konstitutsiyaviy qoidaning belgilanishi bu boradagi ijobiy yo‘nalish doimo saqlab qolinishini, davlat oliy ta’lim muassasalarida grant o‘rinlari yo‘qolmasligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar olib borish va o‘qitish erkinligi huquqi berilishi ham quvonarlidir. Oliy ta’lim tizimi bilan bog‘liq masalalarning Konstitutsiya darajasida belgilanayotgani oliy ta’lim jarayoniga tashqi aralashuvlarni cheklash, oliy ta’lim sifati va dunyoda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Yangilangan Konstitutsiyada alohida modda yoshlar huquqlariga bag‘ishlanmoqda. Unga ko‘ra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi.

Davlatimiz yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratilishi belgilanmoqda. O‘qishni bitirgan har qanday yosh ishlashi, oila qurishi va o‘z uy joyiga ega bo‘lishi lozim. Bularning hammasini birdaniga hal qilish qiyin. Shu boisdan, davlatimiz bu kabi masalalarni o‘z zimmasiga olmoqda. Bu esa yoshlarni har tamonlama kamol topishiga imkon beradi.

Shunday ekan, o‘z yurti ertasiga daxldorman degan inson borki, bu siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmasligi lozim.

Shohida Shakirova,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,
“Besh muhim tashabbus” markazi rahbari
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiya: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar