Namanganda umumxalq referendumi kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida tadbir o‘tkazildi.

"Referendumda faol ishtirok etaman", shiori ostida o‘tkazilgan noan’anaviy uslubdagi targ‘ibot tadbiri Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasida ikki mingdan ziyod talabalar, mahallalardagi yoshlarning faol ishtirokida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilmurod Ismoilov, mehnat faxriysi, gulchi Mahbubaxon Ibragimova, futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Navbahor” klubi a’zosi, Osiyo chempioni Asadbek Jo‘raboyev, “Eng zukko kitobxon” Respublika tanlovining final bosqichi g‘olibi, “Spark” avtomashinasi sohibi, chortoqlik yosh muallima Zamira Abdullayeva, Namangan davlat universiteti doktoranti Saidakbar Mutalov va boshqalar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning Yangi O‘zbekiston uchun ahamiyati, unga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada yaxshilash, inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilishini o‘z faoliyatlari misolida ta’kidlab, barchani referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

Darhaqiqat, 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendum mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayoti, xalqimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega. Boisi, yangilanayotgan Bosh qomusimiz shu muqaddas zaminda tug‘ilib o‘sgan har bir yurtdoshimizga birdek daxldor. E’tiborlisi shundaki, yangi tahrirda ishlab chiqilgan Konstitutsiyamizda inson huquqlarini kafolatlashga qaratilgan normalar qariyib uch barobarga oshmoqda.

Namangan davlat universiteti doktoranti, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi “Kelajak liderlari” klubi yetakchisi Saidakbar Mutalov yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni tahlil qilarkan, avvalgi yillarda Namangan viloyatida uchtagina oliygoh bo‘lgani, bugungi kunda esa 10 ta davlat va xususiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritayotgani, oldinlari faqat bitta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirilgan bo‘lsa, hozirda bir vaqtning o‘zida beshta oliygoh imtihonida o‘z bilimini sinab ko‘rish mumkinligini aytib o‘tdi. Shuningdek, endilikda ayol-qizlarga magistraturada o‘qish uchun davlat tomonidan kontrakt mablag‘lari to‘lab berilayotganligini ta’kidladi. Yosh tadqiqotchi va yosh oila rahbari sifatida tadbir qatnashchilarini referendumda faol ishtirok etishga chorladi.

Bayram tadbirida Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etdi.

Oqilxon Dadaboyev,  

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangilanayotgan Konstitutsiya – o‘zimizniki