Buxoroda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi qizg‘in pallaga kirdi. Saylovchilar o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etmoqda.

Buxoro shahridagi 65-saylov uchastkasida 2297 nafar saylovchi ishtirok etishi kutilgan. Saylovchilar nomzodlar va partiyalarni ilgari surgan g‘oyalarini o‘rganib, o‘zlari istagan nomzod yoki partiyaga ovoz bermoqda.

– Bu yilgi saylovlar yangilangan Konstitutsiyamizda belgilab berilgan ijtimoiy-siyosiy muhitda o‘tmoqda, – deydi Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov. – Saylovlar rivojlangan davlatlardagi kabi ilk bor aralash saylov tizimi  asosida o‘tkazilmoqda. Ovoz berish huquqi, tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlangan. E’tiborli jihati, saylovchi uchun nomzodlarning har biri bilan yaqindan tanishib olish, ular to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida dunyo standartlariga javob beradigan “ye-saylov” elektron platformasi tashkil etilib, unda barcha ma’lumotlar joylashtirilgan. Nazarimda bu yilgi saylovlarni o‘tkazishda Markaziy saylov komissiyasi hamda siyosiy partiyalar kreativ yondashuvligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Shu o‘rinda har bir saylovchiga qulay shart-sharoit yaratilganligi, jumladan, nogironlar, bemorlar, chet elda bo‘lib turgan saylovchilarga tarqatma materiallar o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida tayyorlanganligi e’tiborni tortadi.  

Shu o‘rinda ommaviy axborot vositalari orqali kuzatib turgan yurtdoshlarimizga saylovlarga faol ishtirok etib, mamlakatimizda kechayotgan siyosiy jarayonlarning haqiqiy ishtirokchisiga aylanishlariga chorlab qolaman.  

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangicha yondashuvdagi saylov ijobiy natija beradi