Yangibozor tuman sudining binosi yangilandi
Jinoyat işlari böyiça Yangibozor tuman sudining rekonstruksiya qilingan binosi foydalanişga topşirildi.
Tantanali oçiliş marosimida Xorazm viloyat hokimligi vakillari, viloyat sudi raisi, sud faxriylari, jamoatçilik faollari hamda sudyalar iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqanlar yangilangan sud binosining foydalanişga topşirilişi bilan barçani muborakbod etib, mamlakatimizda odil sudlovni taʼminlaş, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlaş hamda fuqarolar uçun munosib şart-şaroitlar yaratiş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarning ahamiyatiga alohida töxtaldilar.

Taʼkidlanganidek, sönggi yillarda sud-huquq tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, avvalo, inson qadri, uning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qilişga qaratilgan. Bu jarayonda sudlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, sud binolarini zamonaviy talablar asosida jihozlaş va sudga murojaat qiluvçi fuqarolar uçun qulay şaroitlar yaratiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida sud binolarini zamonaviylaştiriş, ularning infratuzilmasini takomillaştiriş hamda odil sudlovni amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 6 milliard 165,1 million sömni taşkil etib, belgilangan rekonstruksiya işlari töliq, yaʼni 100 foiz bajarildi.
Loyiha doirasida sudning mavjud ikki qavatli binosi rekonstruksiya qilindi, nazorat-ötkaziş punkti va yordamçi bino qurildi. Şuningdek, hududni obodonlaştiriş işlari amalga oşirilib, sud binosi zamonaviy va körkam qiyofaga keltirildi.

Tantanali marosimda ramziy lenta kesilib, iştirokçilar sud binosida yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.

Yangilangan binoda sud faoliyatini samarali taşkil etiş va sud protsessi iştirokçilari uçun qulay şaroit yaratişga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, bir vaqtning özida uç nafar sudya tomonidan sud işlarini körib çiqiş imkonini beruvçi uçta zamonaviy sud majlisi zali taşkil etildi, prokurorlar va advokatlar uçun alohida xizmat xonalari, fuqarolar uçun qulay kutiş zallari barpo etildi.

Şuningdek, bolalar uçun kiçik maydonça taşkil qilinib, tibbiyot xonasi jihozlandi. Imkoniyati çeklangan fuqarolarning binoga erkin kirib-çiqişi va harakatlanişi uçun maxsus yölaklar hamda taktil körsatkiçli börtma belgilar örnatildi. Sud faoliyati uçun zarur zamonaviy texnik va axborot-kommunikatsiya vositalari bilan taʼminlandi.

Alohida taʼkidlaş joizki, hozir ikki sudya tarkibida faoliyat yuritayotgan tuman sudi uçun yaratilgan yangi imkoniyatlar sud işlarini öz vaqtida va sifatli körib çiqiş, sud protsessi iştirokçilariga yanada qulay şaroit yaratiş hamda sud faoliyatining oçiqligi va şaffofligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Ahmadjon Şokirov,
ÖzA