Namangan viloyati musiqali drama teatrida “Turon teatr maktabi” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, aqliy salohiyatini yuksaltirish hamda teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida umumta’lim maktablari teatr jamoalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning viloyat bosqichida saralash va hududiy bosqichlarda 72 mingdan ziyod ishtirokchilar ichidan sinovdan o‘tgan 14 jamoaning 112 nafar bo‘lajak aktyor mahoratini namoyon qildi.

Tadbirning tantanali ochilishida respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiyev, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev ta’kidlaganidek, ushbu tanlov davlatimiz rahbarining 2024 yili Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinmoqda.

Ijodiy va intellektual qobiliyat, savol-javob va sahnaga chiqish shartlari bo‘yicha, unda o‘quvchilarning ijodiy salohiyati, iqtidori yaqqol ifodasini topdi. Ayniqsa, “Teatr – ibratxona” shartida buyuk siymolar, yozuvchilarning asarlarida ifoda etilgan qahramonlar obrazlari sahna orqali mahorat bilan gavdalantirilib, ijro etilgan har bir rol tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

– “Turon teatr maktabi” tanlovi iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishda chinakam maydon vazifasini o‘tamoqda, bunga Namanganda kechgan bellashuvlarda yana bir karra amin bo‘ldik, – deydi tanlov hakamlar hay’ati a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Bahodir Nishonov. – Ayniqsa, o‘quvchilarning aktyorlik ijrosi professional san’atkorlarning mahoratidan aslo qolishmasligi tahsinga loyiq. Maktab teatr jamoalarining chiqishlaridan yoshlar orasida teatr va kino san’atiga qiziquvchi talantlar bisyor ekanligini angladik. 

Murosasiz va qizg‘in hayajonli damlarga boy tarzda kechgan tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 39-sonli umumta’lim maktabining “Yangi yulduzlar” teatr jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Namangan shahridagi 1-sonli davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining “Namangan yulduzlari”  jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabining “Ibrat”  jamoasiga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlar, faol ishtirok etgan teatr jamoalari viloyat hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan munosib taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida Samarqand shahri mezbonlik qiladigan “Turon” teatr maktabi Respublika tanlovida g‘olib chiqadigan jamoa a’zolari bir hafta davomida xorijiy davlatga sayohatda bo‘ladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yangi yulduzlar” Samarqandga boradi