Yangi yilga 1000 ta Qorbobo
Yangi yil bayramini munosib nishonlash maqsadida Yoshlar ittifoqi Andijon shahar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi loyiha shunday nomlandi.
Yangi yil bayramini munosib nishonlash maqsadida Yoshlar ittifoqi Andijon shahar kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan navbatdagi loyiha shunday nomlandi.
Loyiha munosabati bilan shahar markazidagi Xotira xiyoboniga bayram elchilari – Qorbobolar toʻplanib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar muhokama etildi.
– Bayramda kam taʼminlangan, nogironligi bor, boquvchisini yoʻqotgan oilalar farzandlari koʻnglini olish, ularga homiylarning sovgʻalarini yetkazib berishni maqsad qilganmiz, - deydi Yoshlar ittifoqi Andijon shahar kengashi raisi Fayzullo Dadajonov.– Boshlangʻich tashkilot yetakchilari, kengash faollari tomonidan 1000 ta qorbobo kiyimi tayyorlandi.Loyiha doirasida mahallalar, koʻcha va koʻp qavatli uylar oldida bayram tadbirlari oʻtkaziladi.



