Yangi yil zavqi (+video)
Har yili yurtimizda Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruxda kutib olish yaxshi an’anaga aylangan. Bolajonlar va ularning ota-onalariga yuqori kayfiyat ulashish, qishki ta’tilda maroqli dam olishlarini tashkil etish borasida alohida tayyorgarlik ko‘rildi.
Jumladan, bugungi kunda Toshkentning asosiy Yangi yil archasi tadbirlari o‘tkaziladigan Alisher Navoiy nomidagi kutubxona qarshisidan keng maydon ajratilib, bo‘yi 35 metr, diametri 13 metrdan ziyodni tashkil etgan va og‘irligi 7.5 tonna bo‘lgan bosh archa o‘rnatildi. Uning atrofida xilma-xil atraksionlar, bolalar va kattalar uchun sahna bezatilib, turli ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi. Shu yerning o‘zida savdo maydonchalari, dorvoz o‘yinlari, xullas barcha-barchasi yurtimiz aholisi va kelayotgan mehmonlarning yuqori kayfiyatda, yaxshi ta’surotlar bilan bayramni nishonlashlari uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Intervyu:
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/7hWV3Tb3xeU" title="Yangi yil zavqi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Archa atrofida jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun 6 ta nuqtada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xizmati tashkil etilgan. Ular detektorlar bilan ta’minlangan, kuzatuv kameralari yuzni taniy oladi va olingan ma’lumotlar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining situatsion markaziga uzatiladi. Jami 300 nafarga yaqin xodim tunu-kun xizmat olib boradi. Shu bilan birga Favqulodda vaziyatlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari tajribali xodimlari ham jalb qilingan. Maydon atrofida 4 ta yirik avtoturargoh tashkil etildi.
Bundan tashqari poytaxt tumanlarida ham aholi uchun qulay bo‘lgan 17 ta hududida ulkan bayram archalari o‘rnatilib, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu bayram dasturlari bolajonlarning qishki ta’tiliga to‘g‘ri kelgani uchun ularning tashriflari sezilarli darajada ko‘paygan.
Xullas, 28 dekabr – 8 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan bayram tadbirlarini fuqarolar ko‘tarinki ruxda va xavfsiz kutib olishlari uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
Sanjar Toshpo‘latov,
Nishonboy Abduvoyitov,
O‘zA