Har yili yurtimizda Yangi yil bayramini ko‘tarinki ruxda kutib olish yaxshi an’anaga aylangan. Bolajonlar va ularning ota-onalariga yuqori kayfiyat ulashish, qishki ta’tilda maroqli dam olishlarini tashkil etishga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Jumladan, Toshkentning asosiy Yangi yil archasi tadbirlari Alisher Navoiy nomidagi kutubxona yonida Istiqlol ko‘chasida 28 dekabr – 8 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Hozirda archani o‘rnatish, o‘yinchoqlarni ilish, sahna uchun joy tayyorlash, maydonni bayramona bezatish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari poytaxtda bayram kunlari yana beshta asosiy archa bezatiladi.
Bu yasatilgan archalar Xalqlar Do‘stligi va Xadra maydonlarida, Toshkent davlat sirki oldida, Next va Compass savdo-ko‘ngilochar markazlari yaqinida va Algoritm dahasidagi Roison Elektronics korxonasi yonida o‘rnatiladi. Bundan tashqari poytaxt tumanlarining aholi uchun qulay bo‘lgan 17 ta hududida bayram archalari o‘rnatilib, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etiladi. Hullas, yangi yilni xalqimiz va yurtimizga kelayotgan mehmonlar uchun ko‘tarinki ruxda kutib olishlariga barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JeVeqC4yPqc" title="Yangi yil tadorigi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sharqda bozorlar hamisha davlatning ma’murchiligini, xalqning madaniyatini, hayot darajasini ifodalab kelgan. Bugun bozorlarimizdagi to‘kin-sochinlik, qishning ayozli kunlari bo‘lsada maxsulotlarning arzonchiligi agrar sohadagi islohotlarning mevasi. Bozor ma’muriyatining qishga tayyorgarligi ayniqsa ayozli kunlarda bilinadi. Yangi yil tadorigi bilan bozorga tushgan inson borki, bu tayyorgarlikdan, davlat e’tiboridan, bobodehqon mehnatidan baxramand bo‘lishi kerak.
Shu kunlarda birgina “Eski Juva dehqon bozori”da bir kunda 20 tonna qo‘y go‘shti, 40 tonna mol go‘shti, 50 tonnagacha guruch, 30 tonna kartoshka va 25 tonna piyoz maxsulotlari arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga yetkazib berilmoqda. Ayniqsa bayram kunlari bu miqdor yanada ortadi. Shuning uchun qish zahirasi uchun bozor ma’muriyati tomonidan 3 ming tonna kartoshka, 1730 tonna piyoz, 1190 tonna sabzi, 150 tonnagacha guruch mahsulotlari jamg‘arilgan. Arzonlashtirilgan bayram yarmarkalari uchun mahsulot yetkazib berish bo‘yicha dehqonlar va ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzilgan.
Bosh Prokuratura huzuridagi departament tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra poytaxt aholisi uchun kuz va bahor mavsumida narxlarning barqarorligini ta’minlashga dehqon bozorlari ma’muriyati tomonidan 12 430 tonna kartoshka, 9 630 tonna piyoz, 6 370 tonna sabzi va 4 540 tonna guruch mahsulotlarini yetishtiruvchilari bilan zaxira qilish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Shuningdek, bugungi kunda dehqon bozorlarida o‘simlik yog‘i, shakar hamda un mahsulotlarining ham zaxirasi shakllantirilgan.
Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, O‘zA